Rossiya harbiy xarajatlar uchun rekord darajaga pul sarflamoqda
28.08.2025 | 20:0037293
2025 yilning birinchi yarmida Rossiya harbiy xarajatlari 8,484 trln rublni tashkil etgan. Bu har kuni o‘rtacha 46,9 mlrd rubl sarflanganini anglatadi.

Rossiya harbiy xarajatlari oxirgi ikki yil ichida ikki barobardan ko‘proq o‘sib, tarixiy rekord natijaga etdi. Bu haqda Moscow Times nashri Germaniyadagi Xalqaro xavfsizlik muammolari instituti olimlari hisob-kitoblariga tayanib, ma’lumot berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rsatkichlar o‘tgan yilga nisbatan 31 foizga, 2023 yilning birinchi yarmiga nisbatan esa qariyb ikki barobarga oshgan. Urush boshlangan yil bilan solishtirilganda esa xarajatlar uch martaga ko‘paygani qayd etilgan.
Harbiy xarajatlar davlat byudjeti daromadlarining qariyb yarmini tashkil etgan. Yanvar–mart oylarida bu ko‘rsatkich 50,1 foizga yetgan bo‘lsa, iyun oxiriga kelib 48,2 foizni tashkil qildi. Demak, federal byudjetga tushgan har ikkinchi rubl armiya va qurol ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan.
Xarajatlarning asosiy qismi maxfiy hisoblanadi. Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, 3,2 trln rubl rasmiy moddalarga sarflansa, 5,3 trln rubl «yopiq» yo‘nalishlarga ajratilgan. Bu o‘tgan yilga nisbatan 41 foiz ko‘pdir.
Ekspertlar ta’kidlashicha, hatto Ukrainada tinchlik muzokaralari muvaffaqiyatli yakunlansa ham, Kreml 2026 yilda harbiy xarajatlarni qisqartirishni rejalashtirmayapti. Faqat 2027 yildan boshlab xarajatlar qisman kamayishi mumkin, ammo 2022 yildan oldingi darajaga tushishi kutilmayapti.