add

Rossiya iqtisodiyotida keskin tanazzul: Kreml soliq tushumlaridan ham mahrum bo‘lmoqda

26.07.2025 | 12:0036383

Rossiya iqtisodiyotida yirik moliyaviy inqirozga olib kelishi mumkin bo‘lgan jiddiy pasayish kuzatilmoqda. 2025 yil may oyida mamlakatdagi barcha kompaniyalarning jami foydasi 40,2 foizga kamaydi.

Rossiya iqtisodiyotida keskin tanazzul: Kreml soliq tushumlaridan ham mahrum bo‘lmoqda
Iqtisodchi Vyacheslav Shiryayev bu jarayonni oddiy pasayish deb emas, balki «haqiqiy moliyaviy tanazzul» sifatida baholadi. Uning hisob-kitoblariga ko‘ra, may oyida biznesning jami foydasi 1,76 trln rublni tashkil etgan, bu esa 2024 yilning shu oyiga nisbatan deyarli 39 foiz kam. Bu darajadagi keskin pasayish ayniqsa, daromad solig‘iga bog‘liq bo‘lgan mahalliy byudjetlarga salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Rossiyada bu soliq — hududlar uchun asosiy daromad manbai sanaladi. Endi esa ko‘pgina sub’ektlar dotatsiyaga muhtoj holatga tushib qolmoqda. Kreml bu muammoni soliq stavkasini oshirish bilan hal etishga urinmoqda: joriy yil boshidan foyda solig‘i 20 foizdan 25 foizga ko‘tarildi. Ammo iqtisodchi Shiryayevning ta’kidlashicha, agar soliq bazasi 40 foizga qisqarsa, stavkani 5 foizga oshirish befoyda — «bu bo‘sh choynakni qaynatishga o‘xshaydi, oqibati esa yong‘in bo‘ladi». Kuzatilayotgan tendensiya Rossiyani keng qamrovli moliyaviy inqiroz ostonasiga olib kelishi mumkin. Harbiy xarajatlar o‘sishi va sanksiyalarning kuchayishi ortidan biznes barqarorligini yo‘qotmoqda, hududlar esa moliyaviy nazoratni qo‘ldan chiqarmoqda.

Teglar

Mavzuga oid