add

«Rossiya Odessani yo‘q qilish va Moldova chegarasiga chiqishni rejalashtirmoqda» — Zelenskiy

12.06.2025 | 08:4544983

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga ko‘ra, Rossiya Odessani nishonga olgan va keyinchalik Moldova hamda Ruminiya chegarasiga yetib borishni maqsad qilgan. U bunga qarshi xalqaro kafolat va NATO ittifoqchilari yordamini talab qilmoqda.

«Rossiya Odessani yo‘q qilish va Moldova chegarasiga chiqishni rejalashtirmoqda» — Zelenskiy
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 11 iyun kuni «Ukraina – Janubiy-Sharqiy Yevropa» sammitida so‘zga chiqib, Rossiya hujumlaridagi strategik maqsadlardan biri — Odessa shahrini yo‘q qilish ekanini ma’lum qildi. Sammit Ukraina prezidentining YouTube-sahifasida jonli efirda namoyish etildi. «Bu shahar — Odessa — Rossiya uchun nishon. Ular uni yo‘q qilishni xohlamoqda. Xuddi ishg‘ol qilingan hududlardagi sanoqsiz shahar va qishloqlar kabi», — dedi Zelenskiy. Unga ko‘ra, Rossiyaning harbiy rejalari Odessani bosib olib, keyin Moldova va Ruminiya chegarasigacha borishni ko‘zda tutadi. Zelenskiy xalqaro hamkorlardan real kafolatlar va uzoq muddatli muhofaza mexanizmlarini talab qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukrainaga hozir nafaqat havo hujumlaridan himoya tizimlari, balki kiberhujumlarga qarshi muhofaza va tezkor chora ko‘rish imkoniyatlari ham zarur. Prezident Rossiyaning agressiyasiga qarshi turish uchun faqat so‘z emas, amaliy choralar — jumladan, zamonaviy harbiy texnikalar, NATO standartidagi mudofaa tizimlari va jahon hamjamiyatining qat’iy pozitsiyasi kerakligini ta’kidladi. Sammit doirasida Ukraina tomoni Yevropa Ittifoqi va mintaqaviy ittifoqchilardan yanada kengroq harbiy-siyosiy hamkorlikni kutayotganini bildirdi. Zelenskiyning ta’kidlashicha, Odessa va uning porti butun mintaqaning xavfsizligi uchun strategik ahamiyatga ega.

Teglar

Mavzuga oid