add

Rossiya va Xitoy «Sibir qudrati-2» gaz quvuri bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladi

02.09.2025 | 18:2037034

«Gazprom» rahbari Aleksey Miller Xitoyga gaz yetkazib berish bo‘yicha anglashuv memorandumi imzolanganini aytdi. Ammo loyiha yuzasidan ko‘p savollar qolmoqda.

Rossiya va Xitoy «Sibir qudrati-2» gaz quvuri bo‘yicha anglashuv memorandumi imzoladi
Rossiya va Xitoy «Sibir qudrati-2» gaz haydash quvuri qurilishi bo‘yicha to‘liq o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi. Bu haqda «Gazprom» rahbari Aleksey Miller ma’lum qildi. Unga ko‘ra, yangi gaz quvuri yiliga 50 milliard kub metr gaz yetkazib berish imkonini beradi va Xitoy uni 30 yil davomida xarid qiladi. Shu bilan birga, «Sibir qudrati-1» orqali eksport hajmi 38 milliarddan 44 milliardgacha oshiriladi. Shuningdek, «Soyuz-Sharq» orqali yana 2 milliard kub metr qo‘shimcha yetkazib berish rejalashtirilgan. Biroq mutaxassislarning ta’kidlashicha, ikki mamlakat o‘rtasida anglashuv bor, lekin bu gaz quvuri aniq qurilishini aslo bildirmaydi. Ikki mamlakat o‘rtasidagi «to‘liq o‘zaro anglashuv» haqidagi birinchi kelishuv 2021 yilda e’lon qilingan. 2022 yilda RF bosh vaziri o‘rinbosari Novak, keyin esa Vladimir Putin «yaqin orada» bitim tuzilishini aytgan. Boshida 2024 yilda qurilish boshlanishi rejalashtirilgandi, deb yozmoqda PlanBMedia. Shuningdek, qurilish amalga oshgan taqdirda ham, u kamida besh yil davom etadi. Rossiya esa gaz eksportidan 155 milliard kub metr hajmda muntazam xarid qilib kelgan Yevropani yo‘qotdi va yangi quvur qurilgan taqdirda ham buning faqat uchdan bir qismini qoplaydi. Eng muhimi — narx masalasi. Miller unga to‘xtalmagan. Xitoyga gaz allaqachon Yevropaga sotilgan narxdan 30–40 foiz arzoniga pullanmoqda. «Sibir qudrati-2» qurilishiga rozilik olish uchun «Gazprom» Xitoyga yanada katta chegirma taklif qilmoqda. Xitoy esa shoshayotgani yo‘q: chunki bu yoqda Turkmanistondan keladigan raqobatchi loyiha ham bor. Demak, memorandum — kafolat degani emas.

Teglar

Mavzuga oid