add

Rossiyada maktablar 10 yillik ta’limga qaytishi mumkin: demografiyani yaxshilash uchun

15.07.2025 | 22:3035043

Rossiyada maktab ta’lim tizimini qayta ko‘rib chiqish taklif qilindi. Jamoatchilik palatasi a’zolari ta’lim muddatini qisqartirish orqali yoshlar orasida oila qurish va bolali bo‘lishni ertaroq rag‘batlantirmoqchi.

Rossiyada maktablar 10 yillik ta’limga qaytishi mumkin: demografiyani yaxshilash uchun
Jamoatchilik palatasidagi demografiya, oila va an’anaviy qadriyatlar bo‘yicha komissiya raisi Sergey Ribalchenko maktabdagi ta’limni 10 yillik tizimga qaytarish, oliy ta’limdagi o‘qish muddatini esa bir yilga qisqartirish taklifini ilgari surdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu chora yoshlarni 27 yoshgacha turmush qurish va farzandli bo‘lishga undashi mumkin. Hozirgi kunda Rossiyada bola 11 yil maktabda, 4 yil bakalavriatda va yana 2 yil magistraturada o‘qib, umumiy 17 yil ta’lim oladi. Natijada, shaxs mustaqil hayotga faqat 27 yoshda qadam qo‘yadi. Ribalchenko ta’lim muddatini qisqartirish orqali yoshlar mustaqil hayotga 2 yil oldin kirishini va bu demografiyaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidladi. Uning ta’kidlashicha, o‘qish davomiyligini qisqartirish ta’lim sifatining pasayishiga olib kelmaydi. Bu borada ta’lim mazmunida zarur o‘zgarishlar kiritilishi kerak bo‘ladi, dedi u TASS axborot agentligiga bergan intervyusida. Shu bilan birga, «Rossiya pravoslavnaya» harakati rahbari Mixail Ivanov noan’anaviy taklif bilan chiqdi. Uningcha, farzandsiz juftliklar uchun kechki paytlarda internetdan foydalanishni cheklash kerak. U internetni oilalardagi qadriyatlarni buzadigan asosiy omillardan biri deb atadi. Rossiya hukumati hozircha mazkur tashabbuslarga rasmiy munosabat bildirmagan. Biroq demografiyani yaxshilashga qaratilgan bunday takliflar mamlakatda yoshlar orasida oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash yo‘lida yangi muhokamalarni boshlashi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid