add

Rossiyada marketpleyslar bosimi ostida kanselyariya do‘konlari ommaviy yopilmoqda

09.06.2025 | 08:159764

2025 yil may oyiga kelib, Rossiyaning yirik shaharlarida kanselyariya buyumlari sotuvchi do‘konlar soni o‘rtacha 12,3 foizga kamaydi.

Rossiyada marketpleyslar bosimi ostida kanselyariya do‘konlari ommaviy yopilmoqda
Bu haqda «Kommersant» nashri «Yandeks» xaritalar servisining tahliliga asoslangan holda xabar berdi. Eng katta qisqarish Omsk shahrida kuzatildi — bir yil ichida bunday do‘konlar soni 26 foizga kamayib, 160 taga tushdi. Keyingi o‘rinlarda Rostov-Don (24 foizga, 107 ta do‘kon), Nijniy Novgorod (20 foizga, 128 ta) va Chelyabinsk (17 foizga, 121 ta) turibdi. Moskva va Sankt-Peterburgda bu ko‘rsatkich mos ravishda 13 va 8 foizni tashkil qilgan. Faqat Ufada do‘konlar soni o‘zgarmagan — 75 ta nuqta saqlanib qolgan. Umuman olganda, mamlakat bo‘yicha kanselyariya mahsulotlari sotuvchi do‘konlar soni 5 foizga kamayib, 11 762 taga tushgan. Bir yil ichida 630 dan ortiq ixtisoslashgan do‘kon yopilgani qayd etilgan. Offlayn savdolarda ham pasayish kuzatilmoqda. «Takskom» fiskal ma’lumotlar operatori xabariga ko‘ra, so‘nggi ikki oyda savdo hajmi o‘tgan yilga nisbatan 3 foizga kamaygan. Shu bilan birga, o‘rtacha chek 3 foizga oshgan. Bloknotlar savdosi 8,4 foizga, daftarlar — 5,8 foizga, ruchkalar — 2,8 foizga kamaygan. Bunday tendensiyalar asosan marketpleyslar — yirik onlayn savdo platformalari ta’siri bilan izohlanmoqda. Ular nafaqat narxni pasaytirishga, balki soliqlar va ishchi xodimlar bilan bog‘liq xarajatlarni qisqartirishga ham imkoniyat bermoqda. 1 apreldan 26 maygacha ikki yetakchi marketpleysdagi kanselyariya mahsulotlari savdosi o‘tgan yilga nisbatan 51,3 foizga o‘sib, 7,2 mlrd rublni tashkil etdi. May oyining o‘zida onlayn sotuvlar 3,6 mlrd rublga yetdi — bu o‘tgan yilning mayiga nisbatan 68,9 foizga ko‘p. Elektron tijorat vakillari uyushmasi prezidenti Aleksey Moskalenko fikriga ko‘ra, yaqin bir necha yil ichida Rossiyada kanselyariya do‘konlari soni yana uchdan birga kamayishi mumkin.     SEO title:     Meta description:  

Teglar

Mavzuga oid