Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyasi vakili bilan uchrashdi

Bugun 08:301 daqiqa

Suhbat markazida savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar bo‘lgan.

Saida Mirziyoyeva Rossiya Prezidenti Administratsiyasi vakili bilan uchrashdi © Foto: t.me/SShMirziyoyeva

O‘zbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva kecha, 15-aprel kuni Toshkentda Rossiya Prezidenti Administratsiyasi rahbarining birinchi o‘rinbosari Sergey Kiriyenko bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ular ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi kelishuvlarning amaldagi ijrosini muhokama qilgan.

«Savdo, iqtisodiyot, energetika va IT sohalaridagi qo‘shma loyihalar e’tibor markazida bo‘ldi. Prezidentlar Administratsiyalari o‘rtasida ta’lim, bandlik va yoshlar siyosati kabi yo‘nalishlarda aloqalarni rivojlantirish masalalari ham alohida ko‘rib chiqildi», - deyiladi xabarda.

Avvalroq, Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sergey Kiriyenko boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qilgani haqida xabar bergan edik.

Teglar

Mavzuga oid