add

«Salimboyvachcha»ni moliyalashtirgan sobiq IIV xodimi qo‘lga olindi

24.07.2025 | 22:4049402

Qirg‘iziston Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi sobiq Ichki ishlar vazirligi xodimi Jalil Atambayevni hibsga oldi. U uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashda gumon qilinmoqda. Bu haqda 24.kg nashri xabar berdi.

«Salimboyvachcha»ni moliyalashtirgan sobiq IIV xodimi qo‘lga olindi
Jalil Atambayev 2024 yil avgust oyida ilk bor qo‘lga olingan. U turli rahbarlik lavozimlarida, jumladan, O‘sh shahridagi xalqaro aeroportning transport bo‘limi boshlig‘i sifatida ishlagan. Biznesini kengaytirish maqsadida u Salim Abduvaliyev bilan aloqa o‘rnatgan va uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirgan. U bilan birga Jogorku Keneshning sobiq deputati Salaydin Aydarov ham hibsga olingan. 2024 yil dekabrida Jalil Atambayev qamoqdan ozod qilinib, tergov davomida o‘z yashash joyini tark etmaslik shartiga rozi bo‘lgan. Biroq keyinchalik u bir necha bor tergov organlari chaqiruviga kelmagan va o‘z majburiyatlarini bajarmagan. Shu bois, Bishkekning Oktyabr tumani sudi uning qamoqqa olinishini qayta tiklagan va Jalil Atambayev Qirg‘iziston Respublikasi Migratsiya qo‘mitasining 21-sonli muassasasiga joylashtirilgan.

Teglar

Mavzuga oid