add

Sanksiyalar ortidan «Sovkomflot» 393 mln dollar zarar ko‘rdi

23.05.2025 | 18:4014723

Rossiyaning eng yirik tanker tashuvchisi «Sovkomflot» 2025 yil birinchi choragida 393 mln dollar zarar ko‘rdi. G‘arb sanksiyalari tufayli ayrim kemalar ishsiz qoldi, daromad esa deyarli ikki barobarga kamaydi.

Sanksiyalar ortidan «Sovkomflot» 393 mln dollar zarar ko‘rdi
«Sovkomflot» kompaniyasi 2025 yilning birinchi choragida 393 mln dollarlik toza zarar ko‘rganini ma’lum qildi. Kompaniya daromadining keskin kamayishiga G‘arb davlatlari tomonidan joriy etilgan yangi sanksiyalar sabab bo‘ldi. AQSH va Yevropa Ittifoqi 2024 yilda Rossiya neft eksportidan keladigan tushumlarni cheklash maqsadida ushbu tanker guruhiga qarshi sanksiyalarni kuchaytirgan edi. Joriy yilning boshida AQSH Moliya vazirligi «Sovkomflot»ga tegishli 69 ta kemani sanksiya ro‘yxatiga kiritdi. Ular orasida 54 ta neft va neft mahsulotlari tashuvchi tanker hamda 4 ta suyultirilgan gaz tashuvchi kema bor. Yanvar oyida ayrim kemalar faoliyati uchun berilgan ruxsatnomalar ham bekor qilindi. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi chorakdagi umumiy daromad 49 foizga qisqarib, 278,5 mln dollarni tashkil etdi. «Sovkomflot» sanksiyalarni «mislsiz» deb baholadi. Ular flot ekspluatatsiyasiga jiddiy to‘siq bo‘lib, ayrim kemalarning ishsiz qolishiga olib keldi. Shu bilan birga, kompaniya uzoq muddatli shartnomalar portfeli, diversifikatsiya qilingan flot va yetti moliyaviy barqarorlikni saqlab qolishini ma’lum qildi. Shuningdek, Yevropa Ittifoqi kompaniyaning «SKF Arktika» nomli bo‘limi va unga bog‘liq «Invest flot» hamda «Yujniy flot» nomli tashkilotlarni ham sanksiya ro‘yxatiga kiritdi. Bu xolatlar ham kompaniya faoliyatiga qo‘shimcha murakkabliklar keltirdi. Rossiya davlati hozirda kompaniyadagi 82,8 foiz ulushga ega. Kompaniya dunyodagi eng yirik tanker operatorlaridan biri bo‘lib, neft, neft mahsulotlari va suyultirilgan tabiiy gaz tashuvi bilan shug‘ullanadi.

Teglar

Mavzuga oid

Sanksiyalar ortidan «Sovkomflot» 393 mln dollar zarar ko‘rdi | Vaqt.uz