add

Shota Rustaveli ko‘chasidagi o‘zgarishlar haqida rossiyalik urbanist qanday fikrda?

08.10.2025 | 23:3043223

7 oktabr kuni Toshkentning yangilangan Shota Rustaveli ko‘chasida markaziy avtobus yo‘lakchasi ochildi va 38, 57 va 58-yo‘nalish avtobuslari harakatlana boshladi. Rus urbanisti Arkadiy Gershman ishga tushgan ilk metrobus tizimini ijobiy tomonlari bilan birga kamchiliklarini ham sanab o‘tdi.

Shota Rustaveli ko‘chasidagi o‘zgarishlar haqida rossiyalik urbanist qanday fikrda?
Toshkentdagi ilk metrobus (ya’ni tezkor avtobuslar yoki BRT) yo‘nalishi rossiyalik urbanist Arkadiy Gershman e’tiborini tortdi. «Metrobuslar sobiq ittifoq hududida hayratlanarli darajada tez tarqalmoqda — kecha Toshkentda yangi yo‘nalish ishga tushirildi. Bu, albatta, tramvay emas, lekin Toshkent uchun oldinga tashlangan qadam», — deb yozadi mutaxassis. Gershmanning ta’kidlashicha, yangi tizimda alohida ajratilgan yo‘lak, zamonaviy «garmoshka» avtobuslar va yo‘l o‘rtasida ozgina ko‘kalamzorlashtirish mavjud. Bu esa poytaxtdagi jamoat transportini samaraliroq qilishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, u ayrim texnik va loyihaviy kamchiliklarga ham to‘xtaldi. «Biroq, odatdagidek, muammo mayda detallarda yashiringan: maydonlardan biridagi ulkan yarim aylana, barcha chap burilishlarning bekor qilinishi, avtobuslar burilishi uchun unutilgan kengaytmalar va hokazo. Shu sababli, «qanday bo‘lishi kerak?» degan savolga namuna sifatida men Belgoroddagi Shors ko‘chasiga e’tibor qaratishni maslahat berardim» — deydi urbanist. Gershman yaqin oylarda Toshkentdagi yangi metrobus yo‘nalishi to‘liq ishga tushgach, kameralar o‘rnatilib, yo‘lovchi oqimi va harakat tezligi bo‘yicha ma’lumotlarni ko‘rishga qiziqish bildirdi.

Teglar

Mavzuga oid