SI uchun marketpleyslar: «Amazon» va «Microsoft» modellar tayyorlash qoidalarini qanday o‘zgartiryapti?
Ikki texnogigant – «Amazon» va «Microsoft» – sun’iy intellekt modellarini o‘qitish uchun kontent marketpleyslarini yaratish ustida ishlamoqda. Ular nashriyotlar algoritmlarni o‘qitish va qo‘llash uchun ma’lumotlarni qonuniy ravishda sotishi mumkin bo‘lgan bozorda vositachiga aylanishi mumkin.

Yana marketpleyslar
«The Information» ma’lumotiga ko‘ra, «Amazon» nashriyot sanoati rahbarlarini СИ mahsulotlari ishlab chiquvchilariga materiallarni sotish mumkin bo‘lgan ixtisoslashgan marketpleysni ishga tushirish rejalari haqida xabardor qilgan. Kompaniyaning bulutli bo‘linmasi «Amazon Web Services» (AWS) Nyu Yorkdagi yopiq konferensiya arafasida nashriyotlarga taqdimot slaydlarini yuborgan. Unda kontent marketpleysi (content marketplace) bulut platformasining boshqa vositalari, jumladan «Bedrock» modellar generatori va «Quick Suite» analitik platformasi bilan bir qatorda qayd etilgan. «Amazon»ning rasmiy vakili «TechCrunch»ga bergan izohida marketpleys yaratish rejalarini rad etmagan, ammo tafsilotlarni ochiqlamagan.
«Amazon»ning eng yirik raqobatchilaridan biri «Microsoft» ham nashriyot kontenti uchun o‘z marketpleysi (publisher content marketplace – PCM) ustida ishlamoqda. Kompaniya platformani o‘tgan yiliyoq sinovdan o‘tkazishni boshlagan va «The Associated Press», «Condé Nast», «Vox Media» hamda «Yahoo» bilan hamkorlik qilmoqda.
Tarqoq va ko‘pincha noaniq «birga-bir» kelishuvlar o‘rniga «Microsoft» standartlashtirilgan yondashuvni taklif etmoqda: nashriyotlar arxivlar va yangiliklar lentalaridan foydalanish shartlarini oldindan belgilaydi, СИ ishlab chiquvchilari esa mos ssenariy va tariflarni tanlaydi.
Da’vo o‘rniga klik
Bunday marketpleyslarni ishlab chiqishga qiziqish industriyaning ochiq internetdagi avvalgi «ijtimoiy shartnoma» ishlamay qo‘yganiga javobi sifatida ko‘rilmoqda. Ilgari u oddiy almashuv mantig‘iga tayanar edi: nashriyotlar materiallarni ochiq joylashtirar, qidiruv tizimlari va agregatorlar ularni indeksatsiya qilib, havolalar va parchalarni ko‘rsatar, evaziga esa auditoriyani reklama ko‘rsatuvlari va obunalar bilan birga saytlarga olib кеlardi.
Biroq СИ keng tarqalishi bilan foydalanuvchi tayyor javobni to‘g‘ridan to‘g‘ri chatda oladi va birinchi manbaga o‘tmaydi. Shu tariqa «trafik orqali kompensatsiya» ko‘plab OAV uchun yetarli bo‘lmay qoldi.
Bundan tashqari, uzoq vaqt davomida yirik texnologiya kompaniyalari «hozir ma’lumotni yig‘amiz, huquqий masalani keyin hal qilamiz» tamoyili bo‘yicha harakat qildi. Bu esa qator sud tortishuvlariga olib keldi.
2024 yil aprelida sakkizta yirik amerikalik gazeta, jumladan «New York Daily News» va «Chicago Tribune» «OpenAI» va «Microsoft»ga qarshi da’vo arizasi kiritib, millionlab maqolalar СИni o‘qitish uchun noqonuniy ishlatilganini bildirgan. O‘sha yil oktabriga kelib, «Dow Jones» («The Wall Street Journal»ning bosh kompaniyasi) va «New York Post» «Perplexity AI»ga o‘xshash da’volar qo‘ydi – ularning fikricha, servis «ommaviy noqonuniy nusxa ko‘chirish» bilan shug‘ullangan. 2026 yil yanvarda musiqa industriyasidagi yirik huquq egalari – «Universal Music Group», «Concord» va ABKCO — «Anthropic»ga qarshi da’vo qo‘zg‘atdi va zararni qoplashni talab qildi. Da’vogarlar bahosicha, tovon puli 3 mlrd dollardan oshishi mumkin.
Shu sharoitda yirik o‘yinchilar ma’lumotlarga kirishni rasmiylashtirish va huquqiy xavflarni kamaytirish yo‘llarini izlay boshladi. Biroq dastlabki qadamlar barqaror biznes-modeldan ko‘ra ko‘proq alohida kelishuvlar shaklida bo‘ldi. Masalan, «Amazon» «The New York Times» bilan kelishuv tuzgan: «The Wall Street Journal» ma’lumotiga ko‘ra, nashr arxivlar va «Athletic» kontentiga kirish uchun yiliga 20–25 mln dollar oladi. «OpenAI» esa «News Corp» bilan 250 mln dollarga baholangan besh yillik kelishuv imzolagan, shuningdek, «Axel Springer» va «Financial Times» bilan ham shartnomalar tuzgan.
Ammo eksklyuziv kelishuvlar formati nish nashriyotlarni bozordan chetda qoldiradi va ko‘pincha belgilangan to‘lovlarga asoslanadi – kontent qanday ishlatilgani va model javoblariga qanchalik hissa qo‘shgani bilan bog‘liq emas.
Shu bois hozir СИ ishlab chiquvchilari yangi «shartnoma» – kontent marketpleysi g‘oyasini muhokama qilmoqda. Unga ko‘ra, huquq egalari shartlarni belgilaydi va moslashuvchan tariflarni o‘rnatadi – alohida o‘qitish, generatsiya, iqtibos keltirish yoki yangilanib turuvchi lentalarga kirish uchun. Platformalar foydalanishni qayd etadi, shaffof hisobotni ta’minlaydi va to‘lovlar haqiqiy iste’molga bog‘lanadi.
«Shu bilan birga, yirik o‘yinchilar odatda vositachilarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri munosabat o‘rnatishga intiladi. Agar bevosita kelishish mumkin bo‘lsa, komissiya to‘lashning ma’nosi yo‘q.
Katta bozor qatlamini kichik va o‘rta nashrlar tashkil etadi. Ular uchun yirik СИ-provayderlar alohida infratuzilma yaratishi ehtimoldan yiroq, bu vazifani marketpleys-agregatorlarga topshirish osonroq. Natijada model standart ko‘rinishga ega bo‘ladi: top-nashrlar to‘g‘ridan to‘g‘ri kelishuvlarda, «uzun dum» esa vositachi orqali ishlaydi», – deydi «Skyeng» va «uForce» marketing agentligi hammuassisi Denis Smetnev.
Bunday marketpleyslarni yaratish texnokompaniyalarga neyrotarmoqlar «gallyutsinatsiyalari» muammosini hal qilishda ham yordam berishi mumkin. «Amazon»ning bulutli bo‘linmasi tayanayotgan korporativ sektorda xatoning bahosi juda yuqori, shuning uchun biznes tekshirilgan ma’lumotlarga asoslangan javoblar uchun to‘lashga tayyor. «Perplexity AI» allaqachon o‘xshash sxemani sinovdan o‘tkazmoqda: agar nashriyot kontenti foydalanuvchi javobida ishlatilsa, ular obuna yoki reklama daromadining bir qismini oladi.
СИ uchun sifatli ma’lumotlarga yuqori ehtiyoj borligini «Youkeeps» kompaniyasi operatsion direktori Osip Burlov ham tasdiqlaydi. «Youkeeps» «Microsoft Copilot» va «Microsoft 365»ga integratsiya qilingan personallashtirilgan СИ-assistent ishlab chiquvchi kompaniya. Uning ta’kidlashicha, aksariyat ishlab chiquvchilar tayyor «LLM»lar va «low-code» konstruktorlari asosida agentlar yaratadi.
«Ishlab chiquvchi uchun mantiq oddiy: sen agent yaratasan – sotish uchun yoki o‘zing uchun – va tekshirilgan kontentdan foydalanishni xohlaysan. Normal faktcheking, belgilash (razmetka), xavfsizlik va eng muhimi, qonuniy huquqlar kerak. Agar standartlar va kafolatlarga ega marketpleys bo‘lsa, ehtimoliy da’volardan xavotirlanib, «qidirib yurish» shart emas», – deydi Osip Burlov.
«Mijozni qo‘ldan chiqarmaslik»
«Funders.VC» venchur kompaniyasi hamkori Pavel Myasnikovning fikricha, bunday marketpleyslarni yaratish СИ atrofida qiymat zanjirini nazorat qilish uchun kurashning davomi hisoblanadi.
«Amazon» va «Microsoft» allaqachon bulutli hisoblashlar distributsiyasini nazorat qiladi. Ma’lumotlarni sotish esa navbatdagi mantiqiy qadam: mikrochiplar va data-markazlardan bulut texnologiyalariga, undan keyin modellarni o‘qitish va ekspluatatsiya qilishga, hamda СИ asosidagi yakuniy mahsulotlargacha», – deydi Myasnikov.
Уning ta’kidlashicha, marketpleys ekotizim ichida mijozni ushlab qolish vositasiga aylanadi.
Osip Burlovning fikricha, «Microsoft» uchun bu yo‘nalish «aniq sezilarli» bo‘ladi. Bu kompaniyaning o‘z СИ-modellarini yaxshilash imkonini beradi: «Microsoft Copilot» yanada puxta o‘qitilgan agentlarga ega bo‘ladi, ma’lumotlar sifati esa oshadi.
Bu ayniqsa muhim, chunki shu oy boshida investorlar choraklik hisobotdan so‘ng «Microsoft» aksiyalarini pasaytirdi. Sabablardan biri uning bulutli bo‘linmasi «Microsoft» «Azure» daromad o‘sishi bozor kutgan natijalarni oqlamagani. Bundan tashqari, «Microsoft» «Copilot»ni ilgari surishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda – ishga tushirilganidan uch yil o‘tib, unda atigi 15 mln foydalanuvchi bor. Huquq egalari tomonidan sudga berilgan kompaniya uchun bu, shuningdek, reputatsion xavflarni boshqarish vositasi hamdir.
«Amazon» uchun ham ushbu loyiha kam ahamiyatga ega emas. Fevral oyida bozor qulashi paytida uning aksiyalari qariyb 15 foizga tushib ketdi va to‘qqiz savdo sessiyasi davomida pasayish kuzatildi. Sabablardan biri – kompaniya 2026 yilda data-markazlar, chiplar va СИ rivojiga bog‘liq barcha yo‘nalishlarga misli ko‘rilmagan 200 mlrd dollar sarflash rejasini e’lon qilgani bo‘ldi. Bozor «temir» va data-markazlarga katta tikish uzoq muddatda o‘zini oqlamasligidan xavotirga tushdi.
Marketpleys aynan shu bo‘g‘inga aylanadi, u «temir»ga kiritilgan investitsiyalarni bulut xizmatlari va reklama orqali olinadigan real daromadlar bilan bog‘laydi.
Bu tashabbusdan asosiy manfaatdorlardan biri «Amazon Web Services» (AWS) bo‘lishi kutilmoqda. 2025 yilda ushbu bo‘linma 128 mlrd dollardan ortiq daromad keltirib, «Amazon» umumiy tushumining 18 foizиni ta’minlagan.
Litsenziyalangan ma’lumotlar brokeriga aylanar ekan, «Amazon» biznes uchun «yagona darcha» tizimini yaratadi: siz serverlarni ijaraga olasiz, shu yerning o‘zida modellarni o‘qitish uchun kontentni qonuniy sotib olasiz va shu yerning o‘zida СИ-agentlarni ishga tushirasiz. AWS rahbari Met German bu yo‘nalishni avvalroq ko‘p milliardli biznesga aylanishi mumkin bo‘lgan sohalardan biri deb atagan edi.
Tashabbus «Amazon»ning reklama biznesiga ham ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 2025 yilda u 68 mlrd dollar daromad keltirgan (yillik o‘sish – 21 foiz). Kompaniyada СИ-assistent «Amazon Alexa», shuningdek, xaridlar uchun СИ-bot «Rufus» mavjud. Marketpleys orqali sifatli kontentga kirish ularni o‘qitish uchun muhim, shunda kompaniyaning СИ-assistentlari bergan tavsiyalar tasodifiy emas, balki ekspert darajasida bo‘ladi.
СИ reklama uchun yangi formatga yo‘l ochmoqda: qidiruv sahifasida joy uchun kurashish o‘rniga, brendlar СИ muloqot kontekstida o‘z mahsulotini eng yaxshi tanlov sifatida tilga olish uchun raqobatlashadi.
«Toza» ma’lumotlar va yovvoyi bozor
Bunday platformalar muvaffaqiyati uchun asosiy to‘siq talab masalasi: texnik jihatdan bepul olish mumkin bo‘lgan ma’lumot uchun kim va qanday hajmda to‘lashga tayyor? Huquq egalari da’volari bo‘yicha sudlar yakuniy qaror chiqarmaguncha, modellarni o‘qitish uchun ma’lumot to‘plashning huquqiy maqomi «kulrang zona»da qolmoqda.
Shu sharoitda marketpleys «komplayens vitrinasi»ga aylanish xavfi bor, ya’ni litsenziya kelishuvlari audit uchun juda muhim bo‘lgan yirik korporativ mijozlargina murojaat qiladigan joyga. Startaplarning asosiy qismi esa modellarni «yovvoyi» ma’lumotlar asosida o‘qitishda davom etishi mumkin.
«The Information» manbalari nashriyotlar orasida skeptitsizm borligini qayd etadi: ular «toza» kontent uchun haqiqiy xaridorlar soni juda kam bo‘lishidan va bunday savdolardan tushadigan daromad qidiruv tizimlaridan keladigan trafik qisqarishini qoplamasligidan xavotirda.
«Funders.VC» hamkori Pavel Myasnikov yana bir cheklovni ko‘rsatadi: ma’lumotlarga bo‘lgan huquq bozori ko‘p jihatdan texnik yetishmaslik emas, balki huquqiy tartibga solish bilan belgilanadi.
«Fotostoklar misolida bo‘lgani kabi, qoidalar nimani va qanday qonuniy ishlatish mumkinligini belgilaydi. Uzoq muddatda ko‘pchilik marketpleyslarni va umuman ma’lumot sotib olish zaruratini chetlab o‘tish yo‘llarini izlaydi», – deydi Pavel Myasnikov.
Bundan tashqari, kontent marketpleyslarining muvaffaqiyati, ehtimol, ular «toza» ma’lumotlarning qiymatini isbotlay oladimi-yo‘qmi, shunga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, litsenziyalangan kontentda o‘qitilgan modellar «pirat» analoglariga nisbatan ancha kam gallyutsinatsiya qilishini kafolatlay olsa.
Shu bilan birga, hozir kontenti hech qanday mukofotsiz foydalanilayotgan kichik o‘yinchilar uchun bu СИ-bumdan daromad olish imkoniyatidir. Agar marketpleyslar foydalanish fakti bo‘yicha shaffof to‘lov modelini taklif qila olsa, ma’lumotlar passiv aktivdan savdo qilinadigan tovarga aylanadi.
Pavel Myasnikovning ta’kidlashicha, bunday marketpleyslar faoliyati ma’lumotlar aylanmasi atrofida yangi bozor nishalarini ham shakllantirishi mumkin.
«Bunday platformalar muqarrar ravishda vositachi-agentlar bozorini ochadi – ular ma’lumotlarni to‘plab, marketpleyslar orqali qayta sotadi», – deydi u.
Osip Burlovning fikricha, kontent marketpleyslari saytlardan СИ-interfeyslarga «ko‘rishlar oqimi» ko‘chishini qisman qoplashi mumkin, ayniqsa ekspert va analitik OAV uchun.
«Sohaviy, ilmiy, yuridik, moliyaviy, tahliliy nashrlar yutushi mumkin, agar ularning kontenti javoblarda foydalanilgani uchun haq to‘lansa», – deydi Burlov.





