Logo

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi banklarning mikromoliya xizmatlaridan foydalanmoqda?

Kecha 18:233 daqiqa

2026-yilning birinchi choragida kredit tashkilotlari tomonidan 35,8 trln so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 17 foiz yoki 5,2 trln so‘mga oshgan.

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi banklarning mikromoliya xizmatlaridan foydalanmoqda? © Vaqt.uz

2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda 35,8 trln so‘mlik mikromoliya xizmatlari ko‘rsatildi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17 foiz yoki 5,2 trln so‘mga oshgan. Shu bilan birga, mikromoliya xizmatlarining uch oy davomida ajratilgan jami kreditlar hajmidagi ulushi 35,1 foizni tashkil etib, bir yil oldingi davrga nisbatan 0,6 foiz bandga ko‘tarildi.

1



Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘rsatilgan mikromoliya xizmatlarining asosiy qismi mikroqarzlar hissasiga to‘g‘ri kelgan. Xususan, hisobot davrida 26,6 trln so‘mlik mikroqarz va 9,2 trln so‘mlik mikrokredit ajratilgan. Natijada mikroqarzlarning umumiy hajmdagi ulushi 74 foiz, mikrokreditlarniki esa 26 foizni tashkil etgan.

2



Banklar

Mikromoliya xizmatlari bozorida banklar yetakchi o‘rinni saqlab qolmoqda. Biroq ularning ulushi o‘tgan yilga nisbatan qisqargan bo‘lsa-da, hamon jami xizmatlar hajmining asosiy qismini, 66 foizini tashkil etadi. Qolgan qismi esa mikromoliya tashkilotlari (31,2 foiz) va lombardlar (2,8 foiz) tomonidan ta’minlangan.

3



Eng ko‘p mikromoliya xizmatlarini ko‘rsatgan bank «Agrobank» bo‘ldi. Bank uch oy davomida 3,7 trln so‘mlik xizmat ko‘rsatgan. Davlat banklari orasida keyingi o‘rinlarni «Milliy bank» (1,4 trln so‘m) va «Xalq banki» (1,2 trln so‘m) egalladi. 

Xususiy banklar orasida esa Ipoteka-bank 2,1 trln so‘m, «Hamkorbank» 1,9 trln so‘m va «Anorbank» 1,7 trln so‘mlik ko‘rsatkich bilan eng yuqori natijalarni qayd etdi. Davlat banklarida mikromoliya xizmatlari hajmi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 44 foizga oshgan bo‘lsa, xususiy banklarda 21 foizga pasaydi. 

4



Mikromoliya tashkilotlari va lombardlar 

Mikromoliya tashkilotlari ko‘rsatgan jami 11,2 trln so‘mlik xizmatlarining 71 foizi yoki 7,9 trln so‘mi uchta mikromoliya tashkilotlariga to‘g‘ri keldi. Xususan: 

«TezCoin» 6,4 trln so‘m (57 foiz);
«Shaffof-moliya» 1,1 trln so‘m (10 foiz);
«Fortuna biznes» 0,4 trln so‘m (3 foiz); 
— Boshqalar (130 ta) 3,3 trln so‘m (30 foiz).

5


Mikromoliya tashkilotlari ko‘rsatgan xizmatlarning asosiy qismi «Shaffof-moliya» hamda «TezCoin» mikromoliya tashkilotlariga to‘g‘ri kelishi ularni Uzum ekotizimiga integratsiya qilingani bilan bog‘liq. Ma’lumot uchun, 2025 yil iyul oyida Uzum Nasiya platformasini boshqaruvchi «Makesense» kompaniyasi «Arhat Gravure («TezCoin» asoschisi») ulushini sotib olgandi.

Lombardlar tomonidan ko‘rsatilgan 1 trln so‘mlik mikroqarzlar bo‘yicha tashkilotlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich 140 mlrd so‘mni tashkil etgan:

«Oltin» 140 mlrd so‘m (14 foiz);
«Hashamatli chinor» 55 mlrd so‘m (5 foiz); 
«Maximum» 30 mlrd so‘m (3 foiz);
— Boshqalar (87 ta) 786 mlrd so‘m (78 foiz).

6



Hududlar kesimida

Uch oy davomida mikromoliya xizmatlarining asosiy qismi an’anaviy tarzda Toshkent shahrida ko‘rsatildi — 20,6 trln so‘mi yoki 58 foizi.

Eng yuqori o‘sish esa quyidagi hududlarda kuzatilgan:

— Andijon viloyati + 631 mlrd so‘m (+ 90 foiz); 
— Samarqand viloyati + 541 mlrd so‘m (+ 66 foiz); 
— Toshkent viloyati + 463 mlrd so‘m (+ 46 foiz).

7

Teglar

Mavzuga oid