Logo

Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +37 darajagacha ko‘tariladi

Bugun 14:252 daqiqa

O‘zgidromet 6-7-iyun kunlari mamlakat bo‘ylab kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonda harorat +37 darajagacha ko‘tariladi © vaqt.uz

6-7-iyun kunlari O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati +37 darajagacha ko‘tarilishi mumkin.

Juma kuni kunduzi Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +28...+33 daraja atrofida, janubda +34...+36 darajagacha bo‘ladi.

6-7-iyun kunlari Respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Faqat 6-iyunda Farg‘ona vodiysi viloyatlari va 7-iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Havo harorati ushbu kunlarda asta-sekinlik bilan ko‘tarilib, yakshanba kuni kunduzi +34...+37 darajagacha yetadi. Shamol sekundiga sekundiga 7-12 metr tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Respublikaning shimolida 7-iyunda 20-22 metrgacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 5-7-iyun kunlari ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel suv-toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Toshkent shahrida juma kunining ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat +30...+32 daraja bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduz kuniga harorat shanba kuni +30...+32 daraja, yakshanba kuni +34...+36 daraja bo‘ladi. Shamol sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 metrgacha kuchayadi, shaharning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Teglar

Mavzuga oid