O‘zbekistonda bozor xizmatlari 406 trln so‘mdan oshdi

Bugun 17:171 daqiqa

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 17 foizga oshgan.

O‘zbekistonda bozor xizmatlari 406 trln so‘mdan oshdi

O‘zbekistonda 2026 yilning yanvar–aprel oylarida ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmi 406,4 trillion so‘mni tashkil etdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 16,6 foizga oshgan.

Savdo, transport va moliyaviy xizmatlar bozorning asosiy qismini shakllantirgan.

Savdo va transport yetakchi

Hisobot davrida eng yirik ulush savdo xizmatlariga to‘g‘ri kelib, ularning hajmi 101,8 trillion so‘mga yetgan.

Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi 69,1 trillion so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, transport xizmatlari 66,9 trillion so‘mga yetdi.

Moliyaviy xizmatlar bozori ham yuqori faollikni namoyon etib, to‘rt oy davomida 65,6 trillion so‘mlik xizmat ko‘rsatgan.

Aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 30,9 trillion so‘mni tashkil qildi.

Ta’lim va sog‘liqni saqlash ham o‘smoqda

Ta’lim sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 14,5 trillion so‘mga yetgan. Ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar 9,2 trillion so‘mni tashkil qilgan.

Shaxsiy xizmatlar hajmi 7,4 trillion so‘m, sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar esa 7,3 trillion so‘m bo‘lgan. Komputerlar va maishiy texnika ta’miri hamda ijara xizmatlari har biri 5,1 trillion so‘mdan xizmat ko‘rsatgan.

Me’morchilik, muhandislik izlanishlari, texnik sinov va tahlil xizmatlari 4,8 trillion so‘mga yetgan. Qolgan turdagi xizmatlar hajmi esa 18,8 trillion so‘mni tashkil etgan.

Teglar

Mavzuga oid