Tojikiston qariyb 10 mln dollarlik gumanitar yordam oldi
Asosiy donorlar AQSH, Xitoy va Koreya Respublikasi bo‘ldi.
© Sangtudin GES-1 matbuot xizmati2026-yilning yanvar–aprel oylarida Tojikiston 9,6 million dollarlik gumanitar yordam oldi. Bu haqda mamlakat prezidenti huzuridagi Statistika agentligi Bojxona xizmati ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.
Hisobotga ko‘ra, mazkur davrda mamlakatga jami 787,4 tonna gumanitar yordam yetkazib berilgan. Yordam dunyoning 25 ta yaqin va uzoq xorijiy davlatidan kelib tushgan.
Yordam berganlar
Moliyaviy hajm bo‘yicha eng yirik donorlardan biri AQSH bo‘lib, mamlakat tomonidan taqdim etilgan yordam hajmi taxminan 1,64 million dollarga teng bo‘lgan.
Xitoy va Janubiy Koreya har biri qariyb 1,6 million dollarlik yordam ko‘rsatgan. Shuningdek, Niderlandiya qariyb 1 million dollar, Hindiston taxminan 958 ming dollar, Rossiya esa 938 ming dollar atrofida gumanitar yordam taqdim etgan.

Natijada eng yirik olti donor – AQSH, Xitoy, Janubiy Koreya, Niderlandiya, Hindiston va Rossiya hissasiga yilning dastlabki to‘rt oyida Tojikistonga kelib tushgan umumiy gumanitar yordamning 80 foizdan ortig‘i to‘g‘ri kelgan.
Taqqoslash uchun, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida Tojikistonning umumiy import hajmi 3,08 milliard dollarni tashkil etgan. Demak, gumanitar yordam qiymati mazkur davrdagi import hajmining taxminan 0,31 foiziga teng bo‘lgan.





