Toshkent viloyatida tadbirkorga noto‘g‘ri hisoblangan 100 mlrd so‘mlik soliq qarzi ombudsman aralashuvidan so‘ng bekor qilindi.

Bugun 16:151 daqiqa

Toshkent viloyatida joylashgan M.M.T.X. kompaniyasiga qariyb 100 mlrd so‘mlik yer solig‘i asossiz ravishda hisoblangani ma’lum bo‘ldi. Muammo tadbirkorning Biznes-ombudsmanga murojaatidan so‘ng bartaraf etildi.

Qarzdorlik

Ma’lum qilinishicha, kompaniya 2024 yilda 2951,2 gektar yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarib, uni o‘z balansidan chiqargan. Shunga qaramay, soliq organlari mazkur yer hanuz kompaniyaga tegishli, deb hisoblab, katta miqdorda soliq qarzi hisoblagan.

Kompaniya ta’sischisi ma’lumotlar bazasidagi xatoliklarni ko‘rsatib, bir necha bor murojaat qilgan. Biroq bu murojaatlar yetarli natija bermagan va qarzdorlik saqlanib qolgan.

Shundan so‘ng Biznes-ombudsman vaziyatni o‘rganib chiqib, soliq organlariga qayta hisob-kitob o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma bergan. Natijada korxona hisobvarag‘ida noto‘g‘ri aks etgan 100 mlrd so‘mlik qarz bekor qilindi..

Teglar

Mavzuga oid