add

Tramp muzlatilgan Rossiya aktivlari orqali Ukrainaga yordam berishni rejalashtirmoqda

13.07.2025 | 16:3049653

AQSHda Donald Tramp prezidentlikka qaytgandan so‘ng ilk bor Ukrainaga harbiy yordam ajratish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Mavjud ikki asosiy variantdan biri — Bayden davrida tasdiqlangan, lekin to‘liq ishlatilmagan 3,85 milliard dollar mablag‘dan foydalanishdir.

Tramp muzlatilgan Rossiya aktivlari orqali Ukrainaga yordam berishni rejalashtirmoqda
Ikkinchi yo‘l esa — AQSH hududida muzlatilgan Rossiya aktivlarini musodara qilib, ushbu mablag‘larni Ukraina manfaatiga yo‘naltirishdir. CBS News manbalariga ko‘ra, bu qaror Moskvaga siyosiy va ramziy bosim sifatida qaralmoqda. Hozirgi paytda AQSHda taxminan 5 milliard dollarlik Rossiyaga tegishli mablag‘lar bloklangan. Ular Rossiya Markaziy banki aktivlarining bir qismi bo‘lib, umumiy 300 milliard dollarlik to‘plamning asosiy qismi Yevropada, xususan, Belgiyadagi Euroclear depozitariysida saqlanmoqda. Bundan avval G7 davlatlari ushbu aktivlardan keladigan foydani garov sifatida ishlatish asosida Ukrainaga 50 milliard dollarlik kredit berish mexanizmni kelishib olgan edi. Kreml esa Rossiya aktivlarining musodara qilinishiga qator marta qarshi chiqib, buni «og‘riq» deb atagan va huquqiy oqibatlar haqida ogohlantirgan. Shuningdek, Reuters agentligi xabariga ko‘ra, Tramp o‘z prezidentlik vakolatlaridan foydalanib, Kongressni chetlab o‘tishi va «PDA» mexanizmini ishga tushirishi mumkin. Bu mexanizm orqali Patriot tizimlari uchun raketalar va boshqa qurol-yarog‘ni o‘z ichiga olgan 300 million dollarlik yordam taqdim etilishi rejalashtirilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid