add

Tramp Oq uyda Zelenskiydan Donbassni Rossiyaga topshirishni talab qilgan — Financial Times

20.10.2025 | 08:5812374

Nashr ma’lumotiga ko‘ra, 17 oktyabr kuni Oq uydagi muloqotda Donald Tramp Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni Putin shartlarini qabul qilishga majbur etgan. Uchrashuv baland ovozlar va tortishuvlar bilan kechgan.

Tramp Oq uyda Zelenskiydan Donbassni Rossiyaga topshirishni talab qilgan — Financial Times
Britaniyaning Financial Times nashrining yozishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp 17 oktyabr kuni Oq uyda Ukraina rahbari Volodimir Zelenskiy bilan o‘tkazgan muzokaralarda Rossiya prezidenti Vladimir Putin taklif qilgan shartlarni qabul qilishni talab qilgan. Manbalarga ko‘ra, Tramp Zelenskiyni «Rossiyaga butun Donbassni berish»ga chaqirgan va agar Kiyev bunga rozi bo‘lmasa, «Putin Ukrainani yo‘q qiladi», deb tahdid qilgan. Gazeta ma’lumotiga ko‘ra, muzokara bir necha marta «bahs va baqir-chaqirga» aylangan, Tramp «to‘xtovsiz haqoratli so‘zlar ishlatgan». AQSH prezidenti Ukraina fronti xaritalarini stoldan otib yuborgan va «bu qizil chiziqlardan charchadim, qayerligini ham bilmayman», deb aytgan. Financial Timesʼning yozishicha, Tramp Putin bilan bir kun avvalgi telefon suhbatda eshitgan gaplarni deyarli so‘zma-so‘z takrorlagan, hatto ular o‘zining avvalgi bayonotlariga zid bo‘lsa ham. Yevropa manbalariga ko‘ra, u Zelenskiyga «agar kelishuv tuzmasang, yo‘q bo‘lasan», degan va Rossiya iqtisodiyoti «juda yaxshi holatda» ekanini ta’kidlagan. 16 oktyabr kuni The Washington Post nashri Putin Tramp bilan suhbatda Ukraina Donetsk oblasti ustidan to‘liq nazoratni topshirish urushni to‘xtatish sharti sifatida qo‘ygani haqida yozgan edi. Evaziga Rossiya Zaporijjya va Xerson oblastlarining hali bosib olinmagan qismlariga bo‘lgan da’vodan voz kechishga tayyorligini bildirgan. Muzokaralar chog‘ida Ukraina tomoni AQSHdan Tomahawk raketalarini so‘ragan, ammo Tramp bu masalada ham rad javobini bergan. Yevropa rasmiylariga ko‘ra, uchrashuvdan so‘ng Zelenskiy «juda noxush kayfiyatda» bo‘lgan. Ularning aytishicha, Yevropa yetakchilari endi Vashingtonning Kiyevga yordam ko‘lamini oshirishidan umidsiz, faqat «pragmatik rejalashtirish» bilan cheklanmoqda. Financial Times nashrining qayd etishicha, Trampning Putin fikrlarini ochiqcha takrorlashi Ukraina bo‘yicha AQSH pozitsiyasining beqarorligini va Rossiyaning talablariga moyilligini ko‘rsatgan.  

Teglar

Mavzuga oid