add

Tramp Putin va Zelenskiy uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi: Kiyev rozilik berdi

19.08.2025 | 09:3038454

AQSH prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvini uyushtirishni boshladi. Kiyev hech qanday dastlabki shartlarsiz bu muzokaralarga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Tramp Putin va Zelenskiy uchrashuviga tayyorgarlikni boshladi: Kiyev rozilik berdi
Donald Tramp Oq uyda Volodimir Zelenskiy va Yevropa yetakchilari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan ham muloqot o‘tkazganini va Putin–Zelenskiy uchrashuvi bo‘yicha tayyorgarlik boshlanganini e’lon qildi. Uning aytishicha, muzokaralar avval ikki tomonlama, so‘ngra AQSH ishtirokida uch tomonlama formatda bo‘lib o‘tadi. Kreml rasmiylarining ma’lum qilishicha, Putin va Tramp o‘rtasidagi telefon suhbati taxminan 40 daqiqa davom etgan. Suhbat chog‘ida Tramp Putindan uchrashuvga rozilik olgan. Axios va AFP manbalarining ta’kidlashicha, Tramp bu uchrashuvni avgust oxirigacha amalga oshirish niyatida. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy ham uchrashuvga tayyor ekanini rasman bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi Kiyev o‘t ochishni to‘xtatish shart emas, balki uzoq muddatli tinchlik haqida kelishuvlarga erishishni ustuvor vazifa deb biladi. U, shuningdek, Tramp bilan bosib olingan hududlar masalasini ham muhokama qilganini ma’lum qildi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa bu muzokaralar kelgusida Yevropani ham qamrab oluvchi to‘rt tomonlama formatda bo‘lishi lozimligini aytdi. Uning fikricha, xavfsizlik kafolatlari faqat Ukraina uchun emas, balki butun qit’a uchun muhim. Germaniya kansleri Fridrix Mers esa uchrashuv ikki hafta ichida o‘tishi kerakligini ta’kidlab, Putinda Zelenskiy bilan uchrashishga «yetarli jasorat» bor-yo‘qligiga shubha bildirdi. Zelenskiy esa, o‘z navbatida, AQSH bilan 90 mlrd dollarlik qurol shartnomasi haqida, dronlar xaridi va xavfsizlik kafolatlarining 10 kun ichida ishlab chiqilishi haqida ma’lum qildi.

Teglar

Mavzuga oid