add

Tramp va Putinning Budapeshtdagi sammitiga tayyorgarlik vaqtincha to‘xtatilganga o‘xshaydi

21.10.2025 | 21:152591

Oq uydan olingan ma’lumotga ko‘ra, AQSH prezidenti Donald Tramp Vengriyada o‘tkazilishi rejalashtirilgan Putin bilan sammitni vaqtincha to‘xtatgan. Sababi — ikki tomon ham muzokaralarga hali yetarlicha tayyor emas.

Tramp va Putinning Budapeshtdagi sammitiga tayyorgarlik vaqtincha to‘xtatilganga o‘xshaydi

AQSH va Rossiya prezidentlari o‘rtasida Budapeshtda bo‘lib o‘tishi kutilgan sammitga tayyorgarlik jarayoni to‘xtatildi. Bu haqda NBC News muxbiri Garret Haake Oq uydagi yuqori martabali manbasiga tayanib, o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

«Tramp va Putin sammitiga oid rejalashtirish ishlari hozircha “to‘xtatilgan” holda», — deb yozdi jurnalist.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSH davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov o‘rtasidagi so‘nggi telefon muloqoti «samarali» o‘tgan, biroq prezident Donald Tramp bu bosqichda tomonlar muzokaralarga yetarli darajada tayyor emas, degan xulosaga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, 16 oktyabr kuni Tramp va Putin uzoq telefon suhbati o‘tkazgan edi. Shu suhbatdan so‘ng Amerika rahbari Budapeshtda shaxsan uchrashish niyati borligini ma’lum qilgan va bu orqali «Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urushni tugatish imkoniyatini ko‘rish» maqsad qilinganini aytgan edi.

Hozircha Oq uy ham, Kreml ham sammitni keyinroq qayta tashkil etish yoki yangi sanani belgilash bo‘yicha rasmiy izoh bergani yo‘q.

Teglar

Mavzuga oid