add

«Tursunovning tibbiy xizmat va ko‘riklardan shikoyati yo‘q» – Ombudsman

Kecha 14:152 daqiqa

Ombudsman Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etish muassasasida saqlanayotgan mahkum Alisher Tursunovning sog‘lig‘i va sharoitini o‘rgandi.

«Tursunovning tibbiy xizmat va ko‘riklardan shikoyati yo‘q» – Ombudsman

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili Navoiy viloyatidagi 5-sonli jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Mubashshir Ahmadning sog‘lig‘i va saqlanish sharoiti o‘rganildi. Bu haqda ombudsman matbuot xizmati ma’lum qildi.

2

Avvalroq mahkum Alisher Tursunovning advokati uning qandli diabet bilan og‘rib kelayotgani va sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar jazoni o‘tash davrida ham davom etayotgani haqida axborot bergan edi. Shu asosda ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan monitoring tashrifi amalga oshirildi.

3

Tekshiruv jarayonida mahkumlar bilan, jumladan Alisher Tursunov bilan xoli tarzda suhbat o‘tkazilgan hamda uning sog‘lig‘iga oid tibbiy hujjatlar ko‘rib chiqilgan. Suhbat davomida mahkum muassasada tibbiy xizmat ko‘rsatilishi bo‘yicha e’tirozi yo‘qligini bildirgan.

4

Ombudsman xabariga ko‘ra, u muntazam ravishda to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotganini, mavjud kasalliklari sabab sog‘lig‘ida ayrim o‘zgarishlar kuzatilayotganini va zarur tibbiy yordam olayotganini ta’kidlagan. Shuningdek, u oziq-ovqat ta’minoti va yashash sharoiti bo‘yicha ham shikoyat bildirmagan.

Mahkumning aytishicha, u o‘z xohishiga ko‘ra oshxona ishlariga jalb etilgan, qonunchilikda belgilangan vaqtlardan tashqari ortiqcha mehnatga majburlanmagan. Ish sharoiti mehnatni muhofaza qilish qoidalariga muvofiq ekani qayd etilgan.

Qo‘shimcha qilinishicha, ombudsmanning mintaqaviy vakili tomonidan 2025 yilning noyabr va dekabr oylarida ham mazkur muassasaga monitoring tashriflari amalga oshirilgan bo‘lib, ushbu davrda ham mahkum tomonidan murojaatlar kelib tushmagan.

Teglar

Mavzuga oid