Logo

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligini buzgan 6 ta turoperator jazolandi

Bugun 10:491 daqiqa

Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida qonunchilik talablarini buzgan 6 ta turoperatorning mansabdor shaxslari ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligini buzgan 6 ta turoperator jazolandi © muslim.uz

Raqobat qo‘mitasi umra tadbirini tashkil etishga oid reklama qonunchiligini buzgan 6 ta turoperatorni javobgarlikka tortdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘mita ommaviy axborot vositalari va internet tarmoqlarida tarqatilayotgan reklamalarning «Reklama to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiqligini o‘rgangan. Tekshiruvlar davomida umra tadbirini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha turoperatorlar tomonidan berilgan reklamalar tahlil qilingan.

Natijada Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida «Hamroh Tour», «Kabadoshlarim», «Yuksak Travel», «Murabbiy Travel», «Hikmat Travel» va «Infin Tour»ning ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarida qonunchilik talablari buzilgani ma’lum bo‘lgan va ularning mansabdor shaxslari javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi reklama axborotlarini qonunchilik talablariga mosligi yuzasidan o‘rganish ishlari davom ettirilishini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qo‘mita dori reklamalaridagi chalg‘ituvchi iboralardan ogohlantirgan edi.

Teglar

Mavzuga oid