Logo

Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Kecha 15:191 daqiqa

Hasanjon Ahmedovning ishdan olinishiga uning arizasi sabab qilib ko‘rsatilgan. U boshqaruv a’zoligidan ham chiqarildi.

Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi © Ijtimoiy tarmoqlar

Xasanjon Muxamadovich Axmedov Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Bu haqda tegishli qaror 24-sentabr kuni bank Kuzatuv kengashining yig‘ilishida qabul qilingan.

Axmedov mazkur lavozimga 2025-yil 12-fevralda tayinlangan edi. Unga qadar 2023-yildan Xalq bankida kompleks rahbari sifatida ishlagan.

U bank tizimidagi faoliyati davomida «Ipotekabank», «O‘zsanoatqurilishbank» va «Xalq banki»da turli, jumladan rahbarlik lavozimlarida ishlagan. Axmedovning vakolatlari o‘z arizasiga asosan muddatidan oldin tugatilgan.

Davlat banklaridagi kadr o‘zgarishlari

17-sentabrda «Mikrokreditbank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari Sodir Melibayev o‘z xohishiga ko‘ra lavozimidan ozod etilgandi. 25-sentabrda esa «Turonbank» boshqaruvi raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi Zohidjon Obidovning vakolatlari ham muddatidan oldin tugatildi.

30-sentabrda «Aloqabank»da boshqaruv raisi o‘rinbosari Akmal Xolmuradov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod qilindi. Uning boshqaruv a’zosi sifatidagi vakolatlari ham muddatidan oldin tugatilgan.

Teglar

Mavzuga oid