add

Xitoy elektr tarmoqlarini ishdan chiqaradigan yangi raketa turini namoyish etdi

30.06.2025 | 15:3017233

Xitoy davlat televideniyesi elektr tarmoqlarini ishdan chiqarishga qodir yangi turdagi raketa haqida animatsion videorolik namoyish qildi. Bu qurol havoga uglerod tolalarini sochib, yuqori voltli tizimlarda qisqa tutashuvlar yuzaga keltirishi mumkin.

Xitoy elektr tarmoqlarini ishdan chiqaradigan yangi raketa turini namoyish etdi
Xitoy davlat televideniyesi CCTV elektr tarmoqlarini ishdan chiqarishga qodir yangi turdagi raketa haqida videorolik namoyish qildi. Rolikda raketa yerusti qurilmasidan uchirilishi va undan 90 ta silindrsimon jangovar elementlar ajralib, yerga tushganida portlash jarayoni aks etgan. Portlash vaqtida havoga kimyoviy ishlov berilgan ingichka uglerod tolalari sochilishi qayd etilgan. Bu tolalar yuqori voltli energotizimlarda qisqa tutashuvlarni yuzaga keltirishi mumkin. Bunday snaryad yordamida kamida 10 ming metr kvadrat maydonda keng ko‘lamli elektr uzilishlari sodir bo‘lishi ehtimoli bor. South China Morning Post nashri ma’lumotlariga ko‘ra (https://www.scmp.com/news/china/military/article/3316270/video-teases-new-chinese-blackout-bomb-can-knock-out-enemy-power-stations?module=top_story&pgtype=homepage), ushbu qurol Xitoy Mudofaa vazirligining pudratchisi bo‘lgan Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqilgan. CCTV qurolning aniq nomi va yaratilish bosqichlari haqida ma’lumot bermagan, uni «mahalliy raketalarning sirli turi» sifatida atagan. Mazkur qurol turi grafit bomba texnologiyasiga asoslangan bo‘lishi mumkin. Bunday qurollar ilk bor Ikkinchi jahon urushi davrida sinovdan o‘tkazilgan. 1991 yilda AQSH grafit bombalardan Iroqda foydalangan, natijada mamlakat elektr ta’minotining 85 foizi ishdan chiqqan. Keyinroq bunday qurollar 1999 yilda Serbiyada va 2003 yilda Kobulda ham qo‘llangan. Dushman infratuzilmasini izdan chiqarish maqsadida ishlatiladigan bu kabi qurollar jahon harbiy amaliyotida ko‘p yillardan buyon qo‘llanib kelinmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Xitoy elektr tarmoqlarini ishdan chiqaradigan yangi raketa turini namoyish etdi | Vaqt.uz