add

Xitoy kompaniyasi Andijonda yarim milliard dollarlik logistika parki quradi

29.08.2025 | 11:308403

Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi Andjon viloyatida yirik transport-logistika markazi barpo etishga sarmoya kiritmoqchi.

Xitoy kompaniyasi Andijonda yarim milliard dollarlik logistika parki quradi
Xitoyning China Shandong Huada Group kompaniyasi Andijon viloyatida 500 mln dollarlik logistika parki quradi. Bu haqda 27 avgust kuni Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi. 27 avgust kuni viloyat hokimi Shuxratbek Abdurahmonov Xitoy davlatidan tashrif buyurgan «China Shandong Huada Group» kompaniyasi investori va hamkorlari bilan muzokara o‘tkazgan. Muzokaralar davomida «China Shandong Huada Group» kompaniyasining Kurg‘ontepa va Xo‘jaobod tumanlarida logistika parki qurish uchun 500 mln dollar investitsiya kiritishi to‘g‘risidagi kelishuviga erishilgan. Uchrashuvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilingan. Loyiha doirasida temiryo‘l va avtomobil yo‘llariga xizmat qiluvchi zamonaviy logistika parki tashkil etilishi ko‘zda tutilmoqda. Hokimlik taqdim etgan loyiha sxemasiga ko‘ra, yangi park yaqin vaqtlarda shakllanishi kutilayotgan yirik transport koridoriga xizmat qiladi. Bu koridor Lxasedan boshlanadigan va qurilishi rejalashtirilgan temiryo‘l, hozir barpo etilayotgan Xitoy–Qirg‘iziston–O‘zbekiston temiryo‘li hamda Andijon–Toshkent–Samarqand avtomagistralarini qamrab oladi. Muzokaralardan so‘ng investorlar va mahalliy mutasaddilar loyiha amalga oshiriladigan yer maydonlarini ko‘zdan kechirdi. Loyihaning amalga oshirilishi mintaqada transport oqimini ko‘paytirib, eksport va savdo imkoniyatlarini kengaytirishi kutilmoqda.

Teglar

Mavzuga oid