add

Xitoy kompaniyasi Toshkentda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi

21.07.2025 | 14:448313

Chongqing Guangtian Real Estate Development kompaniyasi rahbari Li Tao va Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov uchrashuvi davomida poytaxtda ko‘chmas mulk sohasida katta investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Xitoy kompaniyasi Toshkentda yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirmoqchi

2025 yil 21 iyul kuni Toshkent shahar hokimligida hokim Shavkat Umrzoqov Xitoyning yirik developer kompaniyasi — Chongqing Guangtian Real Estate Development Co., Ltd raisi Li Tao bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida tomonlar Toshkentda ko‘chmas mulk sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, hamkorlikning huquqiy va amaliy asoslarini muhokama qilishdi. Xususan, uzoq muddatli strategik sheriklik o‘rnatishga o‘zaro qiziqish bildirildi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ochiq va qulay investitsiya muhitini yaratishga qaratilgan siyosati poytaxtni xalqaro sarmoyachilar uchun tobora jozibador hududga aylantirmoqda.

Ma’lumot uchun, Chongqing Guangtian Real Estate Development Co., Ltd 2001 yilda tashkil etilgan va shu vaqt mobaynida Xitoyda umumiy maydoni 5 million metr kvadratdan ziyod bo‘lgan turli turar joy va tijorat ob’ektlarini qurishni amalga oshirgan. Kompaniya tarkibida 3000 dan ziyod mutaxassislar ishlaydi va u vertikal integratsiya qilingan rivojlangan tuzilmaga ega.

Tomonlar muzokaralarni ishchi formatlarda davom ettirishga kelishib oldilar. Ushbu hamkorlik Toshkentda qurilish, shaharsozlik va infratuzilmani rivojlantirish sohalarida yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.

Teglar

Mavzuga oid