Xitoyning sun’iy intellekt sanoati AQSHdan o‘zib keta oladimi?

Xitoyning sun’iy intellekt kompaniyalari AQSHdagi raqiblarini ortda qoldirish poygasida to‘xtatib bo‘lmasdek ko‘rinadi. Biroq Pekinda yig‘ilgan soha yetakchilari bunday fikrda emas. Ularning aytishicha, muammolar hamon yetarlicha.

Xitoyning sun’iy intellekt sanoati AQSHdan o‘zib keta oladimi?

Yanvar oyida Pekinda Xitoyning eng yirik sun’iy intellekt (SI) kompaniyalari vakillari muhim uchrashuvga jam бўлdi. U yerdagi asosiy savol shuнdaй edi: yaqin uch-besh yil ichida Хитoyning SI kompaniyaлaри AQSHdagi yetakchi raqiblarиdan o‘zib ketish ehtimoli bormi?

CNN’ing yozishicha, uчрashuвda ishtirok etgan yetakchi СИ olimиning жaвоби kutilganidan ancha keskin bo‘ldi. Xitoy texnologik giganti «Alibaba»ning «Qwen AI» modellari bo‘yicha texnik rahbari Jastin Linning aytishicha, bu ehtimol «20 foizdan past».

«Hatto 20 foiz ham juda optimistik baho», дейdi u.

Bu jiddiy baho Xitoy СИ bumini maqtagan so‘nggi bir yillik sarlavhalarga mutlaqo zid edi. Ommaviy axborot vositalarida «DeepSeek» startapi AQSHdagi muqobil modellarga nisbatan ancha arzon narxda yaratilgani xabar qilingan, kuchli СИ modeli dunyoni larzaga solganidan so‘ng, Хитoy kompaniyalari ochiq foydalanish uchun mo‘ljallangan modellar bo‘yicha global yuklab olishlar reytinglarida yetakchiga aйлaнgaн va bozorga chiqish paytida katta mablag‘lar jalb қилgaнdi.

Biroq shuncha shov-shuvga qaramay, Xitoyning ayrim yetakchi СИ ishlab chiqaruvchilari mamlakat eng ilg‘or (frontier) modellarni yaratishda yanada orqada qolib ketgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqda. Mutaxassislar buning asosiy sabablari sifatida ilg‘or mikrochiplarga cheklangan kirish imkoniyati va kapital tanqisligini ko‘rsatmoqda.

«Ayrim sohalarda biz yomon ishlayotganimiz yo‘q, ammo shu bilan birga oldimizda hali ham jiddiy qiyinchiliklar va bo‘shliqlar borligini tan olishimiz kerak», dedi Xitoydagi yirik СИ startaplaridan biri bo‘lgan «Z.ai» («Zhipu» nomi bilan ham tanilgan) asoschisi Тaнг Jiye Pekindagi o‘sha uchrashuvda.

Бu baholar Xitoyning СИ sanoati to‘xtab qolganini anglatmaydi.

AQSHdaги raqiblar bilan raqobat

Yuqori samarali chiplar va kapitalga kirishdagi cheklovlar, shuningdek mamlakatning o‘ziga xos texnologik ekotizimi Xitoyni AQSHdan farqli strategiya tanlashga undadi СИ modellarini ochiq foydalanishga taqdim etish, ya’ni «open source» yo‘nalishiga o‘tish.

Pekin va ishlab chiqaruvchilar bu strategiyani taraqqiyotni tezlashtirish va AQSHdaги raqiblar bilan raqobatlashish vositasi sifatida ko‘radi. Bu yondashuv Хитoy kompaniyalariga sezilarli yutuqlarga erishishga yordam berdi. Kompaniyalar ushbu modellar asosida real hayotda qo‘llaniladigan СИ ilovalarini jadal ravishda ishga tushirmoqda. Sanoat tarmoqlari esa uni texnologiyani ishlab chiqarish, elektron tijorat va robototexnikaga integratsiya qilmoqda.

Yangi yil munosabati bilan televideniye orqali qilgan murojaatida Xitoy rahbari Si Jingpin mamlakatning tez o‘sib borayotgan innovatsion salohiyatini alohida ta’kidladi. U «oldinga shiddat bilan intilayotgan» СИ modellari va mahalliy ishlab chiqilgan chiplar sohasidagi «yirik yutuqlar»ni qayd etdi. Anglash mumkinki, Pekin texnologik mustaqillikka erishishga intilmoqda.

Masalan, o‘tgan yil sentabr oyida «Qwen» modeli «Hugging Face»da (СИ modellari va instrumentlari uchun yirik platforma) eng ko‘p yuklab olingan ochiq model sifatida «Meta»ning «Llama» modelini ortda qoldirdi. Hatto «Airbnb» kabi Америka kompaniyalarи ham uni СИ asosidagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimlarida qo‘llashni boshladi.

Ҳонгконгda СИ kompaniyalarining IPO’lari bo‘yicha misli ko‘rilmagan faollik kuzatildi. Yanvar oyida raqobatbardosh ochiq modellar yaratgan startaplar «Z.ai» va «MiniMax» birjaga chiqib, mos ravishda 560 million va 620 million dollar jalb qildi, aksiyalari esa keskin o‘sdi.

Global texnologik kompaniyalar ham bu jarayonga e’tibor qaratmoqda. Dekabr oyida «Meta» Xitoyda tashkil etilgan va keyinchalik Singapurga ko‘chirilgan «Manus» nomli СИ-agent kompaniyasini sotib olishini e’lon qildi. Pekindagi regulyatorlar tomonidan битимni текшириш jarayoni boshлaнdi. Бu uni bekor qilish ehtimolini ham keltirib chiqarishi mumkin. Shunga qaramay, bu holat Xitoy СИ texnologiyalaridagi yutuqlarning dalili hisoblanadi.

Bir yil avval kam resurs sarflagan holda sohadagi yetakchilarga yaqin natija ko‘rsatgan ochiq modelni taqdim etgan «DeepSeek» ham Xitoy СИ bumining ramziga aylangan. Xabarlarga ko‘ra, kompaniya shu oy oxirida kodlash imkoniyatlari yanada kuchaytirilgan yangi modelini taqdim etishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Ochiq kodli strategiya

Xitoy СИ sohasidagi jadal o‘sishining asosiy omillaridan biri ochiq modellarga agressiv tarzda o‘tish bo‘ldi. Bu o‘zgarish «DeepSeek»ning katta muvaffaqiyatidan keyin boshlandi. Shundan so‘ng Хитoy СИ laboratoriyalari ham ochiq modellar yo‘nalishiga faol ravishda kirishdi.

«Xitoyda ochiq modellarga o‘tish ishlab chiquvchilar va kompaniyalar uchun xarajatlarni keskin kamaytirdi», deydi «Hello China Tech» axborot byulleteni asoschisi va tahlilchi Po Chjao.

Uning aytishicha, «Alibaba» kabi bulutli xizmat ko‘rsatuvchilar ochiq modellar orqali «cloud» xizmatlariga talabni oshirmoqda, startaplar esa ochiqlik orqali tezda ishlab chiquvchilar ekotizimini shakllantirmoqda».

Ochiq modellar g‘oyasini xitoy kompaniyalari birinchi bo‘lib joriy etmagan. 2023 yil boshida «Meta» o‘zining «Llama» modeli orqali ochiq kodli yondashuvni faol qo‘llagan yirik texnologik kompaniyalardan biri bo‘ldi. Biroq AQSHning aksariyat texnologik gigantlari intellektual mulkni himoya qilish maqsadida bu yo‘ldan chetda qoldi.

Xitoyda ochiq modellar bum bo‘lishi ularning jahon miqyosidagi qo‘llanilishini keskin oshirdi. «OpenRouter» (СИ modellari bozori) tomonidan 2025 yil oxirida o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, ochiq modellar ulushi 2024 yil oxiridagi 1,2 foizdan o‘tgan yilga kelib qariyb 30 foizgacha oshgan. Masalan, faqat «Alibaba»ning o‘zi 400 dan ortiq ochiq «Qwen» modellarini taqdim etgan va oy boshigacha ular bir milliarddan ortiq marta yuklab olingan.

«Ma’lum ma’noda ochiq kodli yondashuv Xitoyda sohaviy konsensusga aylandi», deydi «Omdia» tadqiqot kompaniyasining bosh tahlilchisi Lian Je Su.

Bu strategiya nafaqat xarajatlarni kamaytiradi, balki Хитoy kompaniyalarining geosiyosiy xatarlarga bog‘liq tavakkalchiligini ham pasaytiradi.

«Agar bir kun kelib kompaniya to‘liq sanksiyaga uchrasa (masalan, AQSH tomonidan), hech bo‘lmaganda uning ochiq kodli modellari asosida yaratilgan mahsulotlar boshqalar tomonidan foydalanilishi mumkin bo‘ladi», deydi Su.

Bundan tashqari, bu strategiya ortida qat’iy iqtisodiy reallik ham mavjud.

«Boshqa yo‘l yo‘q. Sababi Xitoyda iste’molchilar ham, kompaniyalar ham dasturiy ta’minot uchun to‘lashga odatlanmagan», deydi «Leonis Capital» venchur fondi hamkori Jenni Syao.

Shu bilan birga, ochiq modellar segmentida Хитoy modellari ustunlik qilayotgan bo‘lsa-da, umumiy samaradorlik reytinglarida AQSHning yopiq modellari, jumladan «OpenAI»ning GPT, «Google»ning «Gemini» va «Anthropic»ning «Claude» modellari yetakchilikni saqlab qolmoqda. «OpenRouter» ma’lumotlariga ko‘ra, yopiq modellar hali ham umumiy yuklab olishlarning taxminan 70 foizini tashkil etadi.

To‘siqlar saqlanib qolmoqda

Xitoy va AQSH СИ modellari o‘rtasidagi samaradorlik farqi katta bo‘lmasa-da, hisoblash quvvati va kapitalga oid cheklovlar sabab hali ham saqlanib qolmoqda.

«OpenAI», «Anthropic» va boshqa Америka kompaniyalarи yangi avlod tadqiqotlariga ulkan hisoblash resurslarini yo‘naltirmoqda, biz esa nisbatan cheklangan imkoniyatlarda ishlayapmiz», dedi «Alibaba»ning «Qwen AI» modellari bo‘yicha texnik rahbari Jastin Lin.

Vashingtonning eksport cheklovlari Xitoy kompaniyalarini «Nvidia»ning «Blackwell» va yaqinda ishga tushirilgan «Rubin» seriyasi kabi eng ilg‘or chiplarni, shuningdek, ularni ishlab chiqarish uchun zarur uskunalarni olish imkoniyatidan mahrum qildi. Mahalliy chip ishlab chiqaruvchilarning kamroq ilg‘or yarimo‘tkazgichlariga murojaat qilish ham СИ modellari yaratuvchilari uchun muammoni hal qilmayapti.

«Ularning asosiy muammosi kerakli hajmni ola olmayotganida», dedi «Albright Stonebridge» konsalting kompaniyasining Xitoy va texnologiyalar bo‘yicha eksperti Pol Triolo.

Uning aytishicha, AQSH cheklovlari xitoylik chip ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish hajmini kengaytirish imkoniyatini ham cheklamoqda. Tramp «Nvidia»ning «Rubin»dan ikki avlod orqada qolgan H200 chiplarini eksport qilishga ruxsat bergan bo‘lsa-da, Xitoy hali ularni import qilishga rasman ruxsat bergani yo‘q. Trioloning ta’kidlashicha, bu Pekinni qiyin tanlov qisqa muddatda ilg‘or chiplarga ehtiyoj va texnologik mustaqillikka intilisholdida qoldirmoqda.

O‘tgan oy «Reuters» agentligi manbalarga tayanib xabar berishicha, «DeepSeek», «Alibaba», shuningdek «ByteDance» va «Tencent» kabi Хитoy texnologik gigantlari ma’lum miqdorda H200 chiplarini sotib olish uchun Pekindan shartli ruxsat olgan.

AQSH startaplaridan farqli o‘laroq, bir necha marta venchur kapital jalb qila oladigan Хитoy СИ kompaniyalari sarmoyadorlar bazasining cheklanganligi va tezda tijoriy samaradorlikni isbotlash bosimiga duch kelmoqda. Bu esa «Z.ai» va «MiniMax» kabi kompaniyalarni amerikalik raqiblaridan oldinroq ommaviy bozorga chiqishga majbur qilmoqda.

«Bu Хитoy kompaniyalarining ko‘pchiligi imkoni boricha tezroq birjaga chiqishga harakat qilyapti, chunki ular katta mablag‘ sarflamoqda va ommaviy bozorga chiqish bunga erishishning eng oson yo‘li», dedi «Leonis Capital» hamkori Jenni Syao.

Uning qo‘shimcha qilishicha, muammolarga Xitoyning ichki bozori ham qo‘shiladi: u nisbatan kichik va ko‘pincha chuqur moslashtirishni talab qiladi, bu esa СИ modellari ishlab chiqaruvchilari uchun foyda ko‘rishni yanada qiyinlashtiradi.

Yetakchilikka chiqish strategiyasi

Shunga qaramay, ekspertlar Xitoyning uzoq muddatli salohiyatini kam baholamaslikka chaqirmoqda.

IDC bozor tadqiqot kompaniyasining СИ bo‘yicha tadqiqotlar rahbari Dipika Girining aytishicha, Хитoy kompaniyalari iste’molchiga qaratilgan ilovalarni jadal joriy etish va СИni sanoatda qo‘llashga integratsiya qilishda katta muvaffaqiyat ko‘rsatgan.Uning ta’kidlashicha, Xitoy СИ modellarida ayrim cheklovlar bo‘lishiga qaramay, texnologiya «tobora keng tarqalmoqda».

«U global miqyosdagi eng yaxshi (model) bo‘lmasligi mumkin, ammo baribir joriy etilyapti, shuning uchun СИni sanoatlashtirish jarayoni nihoyatda tez sur’atlarda kechmoqda», дейdi u.

Pekin ham СИ qo‘llanilishini ustuvor yo‘nalishga aylantirdi: o‘tgan oy ishlab chiqarish sohasida СИdan foydalanishni chuqurlashtirish bo‘yicha harakatlar rejasini taqdim etdi. Bu mamlakat sanoat sektorini yangilashga qaratilgan milliy strategiyaning bir qismi hisoblanadi.

Ochiq modellardan tortib, real hayotdagi qo‘llanilishgacha Xitoy mavjud cheklovlar unga oldinga siljishga to‘sqinlik qilmaganini ko‘rsatdi.

Yaqinda «Tencent»ga СИ bo‘yicha bosh olim sifatida qo‘shilgan, «OpenAI»ning sobiq tadqiqotchisi Yao Shunyuning aytishicha, Xitoy G‘arbdagi texnologik ishlanmalarni «juda tez quvib yetish yoki takrorlash», ayrim sohalarda esa «hatto ulardan ham yaxshiroq qilish» qobiliyatini bir necha bor namoyon etgan. U Pekindaги chiqishida mamlakatning kuchli ishlab chiqarish sektori va elektr avtomobillar ishlab chiqarish sohasini bunga misol sifatida keltirdi. Biroq Yaoning fikricha, AQSHni ortda qoldirish yo‘lida Xitoy uchun eng katta muammo madaniy omildir: yuqori malakali kadrlar ko‘p bo‘lishiga qaramay, tavakkal qilishga tayyor insonlar yetishmaydi.

«Biz haqiqatan ham yangi paradigmalarni yaratishda yetakchi bo‘la olamizmi? Menimcha, ma’lum ma’noda bu Xitoy hali ham hal qilishi kerak bo‘lgan asosiy muammo», dedi u.

Teglar

Mavzuga oid