O‘zbekistonda kreditlar uchun raqamli platforma ishga tushiriladi

Bugun 11:251 daqiqa

Prezident qaroriga muvofiq, yangi raqamli platforma orqali bir ariza bilan bir nechta bankning moliyaviy takliflarini olish mumkin bo‘ladi.

O‘zbekistonda kreditlar uchun raqamli platforma ishga tushiriladi © sun'iy intelekt

2026-yil 1-iyulgacha kredit olish uchun ariza berish hamda ariza bo‘yicha bir nechta banklarning takliflarini olish imkonini beruvchi raqamli moliyaviy platforma ishga tushiriladi. Bu 26-may kuni qabul qilingan «Moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish, kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirishga doir navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarorida belgilangan.
 
Qarorga ko‘ra, tijorat banklari tomonidan mahallalar ixtisoslashuvi va «o‘sish nuqtalari»ni hisobga olib biznes g‘oyalarni ishlab chiqish orqali tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan «AI maslahatchi» dasturi ishga tushiriladi.
 
«Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi
 
2026-yil 1-iyuldan «Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash» kompleks dasturi doirasida 
avval Dastur doirasida mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega bo‘lgan tadbirkorlarga mikrokreditning garovsiz qismi 100 mln so‘mdan 200 mln so‘mgacha oshiriladi.
 
«Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi» AJ tomonidan quyidagilar taqdim etiladi:

  • kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit  miqdoridan qat’i nazar, uning 5 mlrd so‘mgacha qismi uchun foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya;

  • har yili Dastur asosida qo‘llab-quvvatlangan va yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta tadbirkorga faoliyatini raqamlashtirish, xalqaro standartlar va yashil texnologiyalarni joriy etish xarajatlari uchun 300 mln so‘mgacha grant.

Teglar

Mavzuga oid