add

«YandexGo UB» MCHJga raqobat qonunchiligi buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi

12.06.2025 | 11:2014892

Raqobatni muhofaza qilish qo‘mitasi «Uzum Market» MCHJ XK murojaati buyicha «YandexGo UB» MCHJga nisbatan «Raqobat to‘g‘risida»gi Qonun talablari buzilishi alomatlari bilan ish qo‘zg‘atdi. Bu haqda Qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.

«YandexGo UB» MCHJga raqobat qonunchiligi buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi
Tadbirkorlik sub’ekti sifatida faoliyat yurituvchi «Uzum Market» MCHJ XK qo‘mitaning murojaatlarini qabul qilish tizimiga murojaat yo‘llab, «YandexGo UB» MCHJ tomonidan televideniye va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan reklama roligida insofsiz raqobat amalga oshirilayotgani va uning ishchanlik obro‘siga putur yetkazilganini ma’lum qilgan. Mazkur holatni o‘rganish uchun Qo‘mita maxsus komissiya tuzdi va natijada «YandexGo UB» MCHJga nisbatan Qonunning 21-moddasi buzilishi alomatlari asosida ish yurituvi boshlandi. Ushbu moddada raqobatni cheklashga, boshqa ishtirokchilarga noqonuniy bosim o‘tkazishga hamda obro‘sini tushirishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilangan. Ayni paytda ish bo‘yicha qonuniy tartibda tergov va tahlil ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar va zarur choralar ishni ko‘rib chiqish yakunlariga ko‘ra e’lon qilinadi.

Teglar

Mavzuga oid