add

Yaponiya ayiqlarga qarshi kurashish uchun armiyani safarbar qildi

Bugun 19:38491

Ayiqlar bosqini aholining aksariyati qarib va kamayib borayotgan, yirtqichlarni haydab solishga qodir ovchilar deyarli qolmagan hududlarda kuzatilmoqda.

Yaponiya ayiqlarga qarshi kurashish uchun armiyani safarbar qildi

Yaponiya hokimiyati mamlakatning shimoliy qismini qamrab olgan ayiqlar hujumi to‘lqiniga javoban misli ko‘rilmagan choralar ko‘rdi.

Xorij ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, deyarli har kuni hujumlar sodir bo‘layotgan Akita prefekturasida xavfsizlikni ta’minlash operatsiyalariga qo‘shin jalb etilgan.

Qo‘ng‘ir va Himolay ayiqlari bilan to‘qnashuvlar haqidagi xabarlar butun Shimoliy Yaponiyadan — tog‘li hududlardan shahar atroflarigacha kelib tushmoqda. Yirtqichlar maktablar, vokzallar, supermarketlar va hatto mashhur issiq buloqli dam olish maskanlari yaqinida ko‘zga tashlanmoqda. Ba’zi hujumlar fojiali tus olmoqda.

Yaponiya Atrof-muhit vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning aprel oyidan buyon ayiqlar hujumidan yuzdan ortiq odam jarohat olgan, kamida o‘n ikki kishi halok bo‘lgan. Mutaxassislar tajovuzkorlikning kuchayishini qish uyqusi mavsumi oldidan tog‘larda oziq-ovqat tanqisligi va hayvonlar sonining ko‘payishi bilan izohlashmoqda.

Ayiqlar bosqini aholining aksariyati qarib va kamayib borayotgan, yirtqichlarni haydab solishga qodir ovchilar deyarli qolmagan hududlarda kuzatilmoqda. Endi bu vazifalarni xavfli hududlarda patrullik qiladigan va favqulodda xizmatlarga ko‘maklashadigan harbiy bo‘linmalar bajarmoqda.

Teglar

Mavzuga oid

Yaponiya ayiqlarga qarshi kurashish uchun armiyani safarbar qildi | Vaqt.uz