add

Yopilayotgan kasalxona, yetishmayotgan shifokorlar va sabablarni kashf etgan Zoir Mirzayev — O‘zbekistonda saratonga qarshi qanday kurashilmoqda?|Fikr vaqti

03.12.2025 | 21:314431 daqiqa

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida biz O‘zbekistonda onkologiya, sohaning shu kunlarda navbatdagi bor OAV e’tiboriga tushgan muammolari, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining bu kasallik paydo bo‘lishi haqidagi yangi farazi haqida gaplashdik.

Yopilayotgan kasalxona, yetishmayotgan shifokorlar va sabablarni kashf etgan Zoir Mirzayev — O‘zbekistonda saratonga qarshi qanday kurashilmoqda?|Fikr vaqti



«Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorovning buyrug‘i bilan Toshkent shahar onkologiya kasalxonasi Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya markaziga qo‘shilyapti. Shahar kasalxonasi xodimlari va u yerda davolanayotgan bemorlar bundan norozi bo‘lib videomurojaat bilan chiqishdi».

«O‘zbekistonda onkolog, psixiatr va boshqa tor soha mutaxassislarining ulushi har 10 ming aholiga 1 nafardan ham to‘g‘ri kelmasligi ma’lum bo‘ldi».

«Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev tandirda non yopmay qo‘ygani uchun ham o‘zbekistonlik ayollar orasida onkologik kasalliklar ko‘payib ketganini ma’lum qildi».

O‘tgan bir necha hafta O‘zbekistonda ekologik muammolar haftasi bo‘ldi. Bu muammolar haqida juda ko‘p yozildi va yozilmoqda. Yuqoridagi bosh sarlavhalar esa o‘tgan kunlar davomida turli internet nashrlarda yoritilgan, lekin ekologik muammolar fonida e’tibordan biroz chetda qolgan mavzular.

Xo‘sh, sizga ham bir biridan mutlaqo farqli bu xabarlarda o‘zaro mantiqiy bog‘lanishi bordek tuyulmayaptimi: kasalxona tugatiladi, shifokor mutaxassislar yetishmaydi, hokim esa onkologik kasallik ko‘payishiga ayollarning tandirda non yopmay qo‘yganini sabab qilib ko‘rsatmoqda.

Fikr vaqti dasturining navbatdagi sonida biz O‘zbekistonda onkologiya, sohaning shu kunlarda navbatdagi bor OAV e’tiboriga tushgan muammolari, shuningdek, Toshkent viloyati hokimining bu kasallik paydo bo‘lishi haqidagi yangi farazi haqida gaplashdik.

Suhbatni jurnalist Ilyos Safarov olib bordi.

Ilyos Safarov

Ilyos SafarovMaqolalar soni: 17

Barchasi

Mavzuga oid