add

Zelenskiy: Rossiya muzokara kuni ham qotillik qilishni davom ettirmoqda

16.08.2025 | 09:3024353

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya va AQSH prezidentlari Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasidagi Alyaskadagi muzokaralar kuni ham Rossiya qo‘shinlari tinch shaharlarga hujum qilishni davom ettirayotganini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Moskva urushni tugatishga tayyorgarlik ko‘rsatmayapti.

Zelenskiy: Rossiya muzokara kuni ham qotillik qilishni davom ettirmoqda
Zelenskiy razvedka va diplomatik xizmatlardan Rossiya delegatsiyasining uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rayotgani haqidagi ma’lumotlarni, shu bilan birga yangi hujumlar to‘g‘risidagi xabarlarni olayotganini ta’kidladi. «Sumida — Rossiyaning markaziy bozorga hujumi. Dnepr oblastida - shaharlar va korxonalarga zarbalar. Zaporoje, Xerson va Donetsk oblastlarida – Rossiyaning qasddan qilingan hujumlari. Urush davom etmoqda», - deya u ta’kidladi. Prezident 15 avgust kuni Ukrainaning bir nechta hududlariga zarba berilganini va bu, uning fikricha, Kremlning haqiqiy niyatlarini ko‘rsatishini ta’kidladi. «Rossiyaning urushni tugatishga tayyorligini bildiruvchi hech qanday belgi yo‘q. Alyaskadagi muzokaralar kuni ham ruslar odamlarni o‘ldirishni davom ettirmoqda va bu o‘z-o‘zidan ko‘p narsani anglatadi», - dedi Zelenskiy. Davlat rahbari kecha AQSH va Yevropadagi hamkorlar bilan tinchlikka yaqinlashtirishi mumkin bo‘lgan amaliy qadamlarni muhokama qilganini qo‘shimcha qildi. «Ukraina urushni tugatish uchun imkon qadar samarali ishlashga tayyor. Biz Amerikaning qat’iy pozitsiyasiga umid qilamiz, chunki ruslar faqat kuchni tan oladi», - deya yakunladi Zelenskiy. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukrainaning Sumi shahri markazidagi bozorga zarba berilgani haqidagi xabarlar «Ankorijda bo‘lib o‘tadigan Rossiya-AQSH muzokaralarini izdan chiqarish maqsadida salbiy media muhitini yaratishga qaratilgan ataylab uyushtirilgan provokatsiya» ekanligini ta’kidlamoqda. Bayonotda aytilishicha, Rossiya qurolli kuchlari Sumi va boshqa shaharlarga «hech qanday zarba» bermagan.

Teglar

Mavzuga oid