add

Zelenskiy: Rossiya qurollarida G‘arb texnologiyalari bor — bu barcha uchun tahdid!

28.06.2025 | 12:3018812

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevda o‘tkazilgan xalqaro sanksiyalar konferensiyasida Rossiya qurollarida xorijiy mamlakatlar sanoatiga tegishli komponentlar mavjudligini ta’kidladi.

Zelenskiy: Rossiya qurollarida G‘arb texnologiyalari bor — bu barcha uchun tahdid!
Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi bir yilda Rossiya Ukrainaga qarshi ishlatgan raketa va dronlarida kamida 12 davlat – xususan, Fransiya, Germaniya, AQSH, Xitoy, Tayvan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Italiyada ishlab chiqilgan harbiy sanoatga oid yuzlab xildagi elektron qismlar aniqlangan. «Afsuski, hatto G‘arb mamlakatlari ham hali-hanuz Rossiyani muhim uskunalar va komponentlar bilan ta’minlashda davom etmoqda. Bu – faqat Ukraina xavfsizligi uchun emas, balki sizlarning xavfsizligingiz va global adolat uchun ham jiddiy muammo», — dedi Zelenskiy. Uning ta’kidlashicha, ukrain mutaxassislari Rossiyaning dron va raketalaridagi sanoat qismlarini tahlil qilib, kelgusi yetkazib berish bo‘yicha rejalashtirilgan shartnomalar haqida ham ma’lumotga ega bo‘lgan.

Teglar

Mavzuga oid