add

1 avgustdan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?

25.07.2025 | 21:20402617

1-avgustdan o‘zbekistonliklar hayotiga yangi qonunlar kirib keladi! Yarim yillik sukunat ortda qoladi — endi ish haqi va pensiyalardan tortib, kreditlar, maktabga ko‘chirish, musobaqalar va hatto elektr to‘lovlari tizimigacha o‘zgarmoqda. Quyidagi ro‘yxatda siz nima o‘zgarishlar bo‘lishini aniq va tushunarli shaklda bilib olasiz.

1 avgustdan o‘zbekistonliklar hayotida nimalar o‘zgaradi?
Mebelchilarga xalqaro sertifikat olish xarajati qoplab beriladi O‘zbekistonda 2025 yil 1 avgustdan mahalliy mebel texnologlari uchun rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi nufuzli tashkilotlarning sohaga tegishli bo‘lgan malaka sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizi qoplab beriladi. Shuningdek, 2025 – 2028 yillarda quyidagi maqsadlarga erishish belgilandi:
  • mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga oshirish;
  • eksport hajmini $100 mlnga yetkazish;
  • 50 ming fuqaro bandligini ta’minlash.
  O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar 10 foizga oshiriladi   Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan O‘zbekistonda ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarni 10 foizga oshiriladi. 2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari quyidagi miqdorlarda bo‘ladi:  
  1. Yoshga doir eng kam pensiya 918 ming so‘m, nogironlik pensiyasi 1 mln 12 ming so‘mni tashkil etadi.
 
  1. Kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqasining har oylik miqdori:
  • 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzandi uchun — 360 000 so‘m,
  • 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzandi uchun — 275 000 so‘m,
  • oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha — 165 000 so‘m;
  • oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha — 110 000 so‘m;
  1. Kam ta’minlangan oilalar uchun moddiy yordamning oylik miqdori 420 000 so‘m etib belgilandi.
2025 yil 1 avgustdan boshlab byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshirilishi belgilandi. Ya’ni, mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori amaldagi 1 mln 155 ming so‘mdan 1 mln 271 ming so‘mga oshirildi.   Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun talab etiladigan mablag‘lar Davlat byudjeti hamda Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanadi. Davlat xizmatchilarining jismoniy faolligi oshiriladi 2021 yil 1 yanvardan boshlab, barcha davlat organlari va tashkilotlarida:
  • mehnat jamoalarida sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha xodimga «Sport targ‘ibotchisi» qo‘shimcha vazifasi yuklanib, uning ish haqiga 20 foiz ustama belgilanadi;
  • haftada kamida bir marta, ish vaqtidan so‘ng rahbar va barcha xodimlari jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug‘ullanishi yo‘lga qo‘yiladi;
  • har shanba soat 14:00 dan keyin kuni xodimlar va ularning oila a’zolari o‘rtasida yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo‘yicha ommaviy sport musobaqalari tashkil etiladi. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, «shou» ko‘rinishida o‘tkazilishiga, g‘olib va sovrindorlar munosib rag‘batlantirilishiga alohida e’tibor qaratiladi;
  • trenajyor zali, «Workout» maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashg‘ulotlari va musobaqalarini moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hamda boshqa qonuniy manbalar hisobidan amalga oshiriladi;
  • birinchi rahbarlarga «shaxsiy namuna» tamoyili asosida o‘zlarining antropometrik ko‘rsatkichlarini (semizlik darajasi, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish topshirildi.
  Elektr uchun to‘lovlar chiqindi xizmati to‘loviga bog‘lanadi 2025 yil 1 avgustdan boshlab, O‘zbekistonda elektr energiyasi to‘lovlari maishiy chiqindilarni olib chiqish xizmatlari uchun to‘lov bilan bog‘lanadi. Yangi tartibga ko‘ra, har oyning 3-kunigacha chiqindi xizmati uchun qarzdorlik «Toza makon» tizimidan «Hududiy elektr tarmoqlari»ga o‘tkaziladi. 5-kunigacha abonentlar 2100 raqamidan SMS oladi va qarzni 5 kun ichida to‘lashlari kerak. Aks holda, elektr energiyasi uchun to‘lov vaqtincha to‘siladi. Qarz to‘liq yopilganda, cheklov avtomatik bekor qilinadi. Bu tartib faqat 2025 yil 1 iyuldan keyin yuzaga kelgan qarzlarga taalluqli. Hisob-kitoblardagi xato uchun sanitariya korxonalari javobgar, xizmat kechiksa yoki ko‘rsatilmasa, qayta hisob qilinadi.   Yerosti boyliklarini noqonuniy qaziganlar haqida xabar berganlar rag‘batlantiriladi Hukumatning 457-sonli qaroriga asosan, yer qa’ridan foydalanish qoidalarini buzganlar haqida xabar bergan fuqarolar rag‘batlantiriladi. Bu uchun ular huquqbuzarlik holatini foto yoki video orqali qayd etib, “Geomonitoring” tizimi orqali tegishli inspeksiyaga yuborishlari kerak. Materiallarda sodir etilgan huquqbuzarlik, shaxs va joy to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etgan bo‘lishi shart. Xabarlar 15 ish kunida ko‘rib chiqiladi. Tasdiqlangan holatlar uchun quyidagi tartibda pul mukofoti beriladi: – noqonuniy noruda qazish holatlarida – BHMning 1 baravari; – boshqa huquqbuzarliklar uchun – jarimaning 5% qismi. Mo‘g‘ulistondan chorva mollari olib kiruvchilarga imtiyoz beriladi   2025 yil 1 avgustdan 2027 yil 31 dekabrgacha Mo‘g‘ulistondan chorva olib kiruvchi tadbirkorlarga havo transporti xarajatlarining 50 foizi davlat byudjetidan qoplab beriladi. Qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) bo‘yicha to‘lovlarni kechiktirib to‘lash imkoniyati taqdim etiladi. Bu muddat davomida foiz hisoblanmaydi va garov talab etilmaydi.   Portlovchi va zaharli moddalar aylanmasiga talablar kuchaytirildi   2025 yil 1 avgustdan O‘zbekistonda portlovchi va zaharli moddalar bilan ishlash uchun litsenziya Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan kelishilgan holda beriladi. Bu moddalarni ishlab chiqarish, saqlash va tashishda 5 ta davlat idorasining talablariga rioya etish shart bo‘ladi. Jumladan, Ekologiya vazirligi, IIV, YHXX, Sog‘liqni saqlash vazirligi va FVV tomonidan belgilangan me’yorlarga amal qilish talab etiladi. Bu me’yorlar atrof-muhit muhofazasi, maxsus transportda tashish, sanitar himoya masofalari va xavf darajalari bo‘yicha belgilanadi. Hukumat mazkur sohadagi faoliyatni qat’iy tartibga solish va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida tegishli chora-tadbirlar rejasini ham tasdiqladi. Davlat xizmatlariga qabul qilishda yangi tartib joriy etiladi Endi davlat fuqarolik xizmati lavozimlariga tanlovlar yagona tartibda va ochiq shaklda o‘tkaziladi. Qonunchilikka kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, barcha boshqaruv va yordamchi lavozimlar bo‘yicha tanlovlar «Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlar portali» orqali amalga oshiriladi. Test sinovlari maxsus xonada yoki onlayn proqtoring tizimi orqali «sinov modul» yordamida o‘tkaziladi. Hokimlik xodimlarining ish haqi oshiriladi 2025 yil 1 avgustdan boshlab barcha viloyat va tuman hokimliklari xodimlarining ish haqi oshiriladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev bu haqda 16 iyun kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qilgan. Shuningdek, ish samaradorligiga qarab ustama va bonuslar ham joriy etiladi. Yoshlar uchun xorijiy til markazlariga foizsiz kredit beriladi Olis hududlarda til o‘rgatish markazi ochmoqchi bo‘lgan yoshlarga 131,8 mln so‘mgacha foizsiz kredit ajratiladi. Kredit 3 yilgacha, shu jumladan 6 oylik imtiyozli muddat bilan beriladi. Ariza beruvchi C1 darajadagi amaldagi til sertifikatiga ega bo‘lishi va o‘quvchilarning kamida 20 foizini «Yoshlar daftari»dagi yoshlar tashkil etishi shart. Kreditni yakka tadbirkorlar yoki yoshlar tashkil etgan yuridik shaxslar olishi mumkin. Ayrim oilalarga xususiy bog‘cha xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi 2025 yil 1 avgustdan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xususiy bog‘chalarga bola berganida, to‘lovlarning 40 foizi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bu tartib davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomga kiritilgan o‘zgarishlar asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarni boshqa maktabga ko‘chirish qayta boshlanadi 2025 yil 1 avgustdan o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish xizmati qayta faoliyat boshlaydi. Bu jarayon yozgi ta’til davomida vaqtincha to‘xtatilgan edi. Endilikda ota-onalar farzandini boshqa maktabga ko‘chirish uchun onlayn ariza topshirishlari mumkin. Xizmat avvalgidek erp.maktab.uz platformasi, davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali amalga oshiriladi. Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik ychun jarimalar 10 foizga oshadi Bazaviy hisoblash miqdori oshirilishi sababli, 1 avgustdan boshlab yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori ham oshadi:
  • Xavfsizlik kamarini taqmaslik: 206 ming so‘m;
  • Texnik ko‘rik yo‘qligi yoki dori qutichasi bo‘lmasligi: 206 ming so‘m;
  • Hujjatlarsiz avtomobil boshqarish: 412 ming so‘m;
  • Sug‘urtasiz avtomobil boshqarish: 412 ming so‘m;
  • Qizil chiroqqa o‘tish: 824 ming so‘m;
  • Noto‘g‘ri joyda to‘xtash yoki parkovka: 824 ming so‘m;
  • Haydash vaqtida telefon ishlatish: 1 mln 236 ming so‘m;
  • Davlat raqamlari yo‘qligi: 2 mln 060 ming so‘m;
  • Tezlikni 20 km/soatgacha oshirish: 412 ming so‘m;
  • Tezlikni 20–40 km/soatga oshirish: 2 mln 060 ming so‘m;
  • Tezlikni 40–60 km/soatga oshirish: 3 mln 708 ming so‘m;
  • Tezlikni 60 km/soatdan ko‘proqqa oshirish: 6 mln 180 ming so‘m;
  • Qarama-qarshi yo‘ldan yurish (vstrechka): 4 mln 120 ming so‘m;
  • Mast holda avtomobil boshqarish: 10 mln 300 ming so‘m va haydovchilik guvohnomasidan 3 yilgacha mahrum qilish;
  • Ruxsatsiz oynalarni qoraytirish (tonirovka): 10 mln 300 ming so‘m.

Teglar

Mavzuga oid