10 ming hokim yordamchisi, «hotamtoy» hokimlar va budjet samaradorligi: Davlat apparatini qanday ixchamlashtirish kerak? | Fikr vaqti
Kadrlar almashmoqda, ammo tizim o‘zgaryaptimi? Oxirgi tayinlovlar va iste’folar fonida davlat apparati haqiqatan ixchamlashadimi yoki shunchaki o‘rin almashish ro‘y bermoqdami? «Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida 10 ming hokim yordamchisi instituti, «hotamtoy» hokimlar va budjet samaradorligi haqida professor Islombek Niyozmetov bilan atroflicha suhbatlashdik.
Oxirgi vaqtlarda hukumat va hokimiyat tizimida iste’folar hamda yangi tayinlovlar ko‘paydi. Har holda, qaysi kuni qaramang, kimdir ishdan olingan yoki yangi lavozimga qo‘yilgan. Ular orasida jamoatchilikka yaxshi tanish bo‘lganlar ham, shunday kadr va lavozim borligini faqat iste’fo yoki tayinlov ro‘y berganda eshitadiganlarimiz ham ko‘p.
Ammo bu iste’fo va kadrlar o‘zgarishi oxir-oqibat qo‘l boshqaruvidan tizimli boshqaruvga o‘tishga qanchalik xizmat qiladi? Hukumatning haddan tashqari kengayib ketgan tuzilmalarini ixchamlashtirish, samaradorlikni oshirish va budjet mablag‘larini tejashga olib keladimi?
Yoki, masalan, faoliyati to‘liq qayta ko‘rib chiqilishi aytilgan hokim yordamchilari tizimi optimallashtirishdan so‘ng odamlarni kambag‘allikdan chiqarish va tadbirkorlikka o‘rgatishda qanchalik samarali tuzilmaga aylanadi? O‘zi nega bu tizim kutilgan natijani bermadi, asosiy muammolar nimada edi?
«Fikr vaqti» dasturining navbatdagi sonida O‘zbekiston hukumatidagi so‘nggi tayinlovlar, ularning kutilgan hamda kutilmagan jihatlari, shuningdek, boshqaruv va budjet samaradorligi haqida atroflicha gaplashdik. Dastur mehmoni — iqtisodiyot fanlari doktori, professor Islombek Niyozmetov bo‘ldi.
Teglar






