Logo

Qarshidagi traktor zavodida agrodronlar ishlab chiqariladi

Kecha 23:202 daqiqa

Shuningdek, viloyatda quyosh stansiyasi va boshqa yirik energetika loyihalari amalga oshiriladi.

Qarshidagi traktor zavodida agrodronlar ishlab chiqariladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda Qarshidagi traktor zavodida agrodronlar ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, yil yakuniga qadar viloyatda yangi sanoat klasterlari va yirik energetika loyihalari ishga tushiriladi.

Yig‘ilishda ta’kidlanishicha, Qashqadaryo sanoatida yirik korxonalar atrofida kooperatsiya zanjirlarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Xususan, Xitoyning «FM World» korxonasida yig‘ilayotgan zamonaviy traktor va qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirish hamda mazkur zavodda agrodronlar ishlab chiqarish loyihalarini boshlash belgilandi.

Bundan tashqari, yil yakunigacha G‘uzor, Sho‘rtan, Muborak, Dehqonobod va Nishonda jami oltita sanoat klasterini tashkil etish, Sho‘rtan, Muborak, Yakkabog‘ va Kosonda esa «Qashqadaryo» erkin iqtisodiy zonasi filiallarini ochish vazifasi qo‘yildi. Mazkur hududlarning infratuzilmasi uchun dastlab 250 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi.

Yig‘ilishda energetika tarmog‘iga jalb qilinayotgan yirik investitsiyalar va ularning ijrosi ham muhokama qilindi:

— «Masdar» kompaniyasi kelasi yili Qashqadaryoda qiymati 250 million dollar bo‘lgan 300 megavattli quyosh elektr stansiyasi va 75 megavattli energiya saqlash quvvatini ishga tushiradi;
— Qarshi tumanida xitoylik hamkor ishtirokida chiqindidan elektr energiyasi olish bo‘yicha 45 megavattli loyiha yakunlanmoqda;
— Nishon va Ko‘kdalada elektr tarmoqlarini mustahkamlash uchun 70 million dollar jalb qilinib, ikkita yirik podstansiya quriladi va ular kelasi yili ishga tushiriladi;
— Tolimarjon – So‘g‘diyona yo‘nalishidagi 245 kilometr yangi elektr tarmog‘i loyihasiga 150 million dollar ajratilgan bo‘lib, mutasaddilarga ushbu loyihani ham kelasi yili yakuniga yetkazish topshirildi.

Teglar

Mavzuga oid

Qarshidagi traktor zavodida agrodronlar ishlab chiqariladi | Vaqt.uz