Eng yaxshi mikrokredit va avtokredit stavkalarini qaysi banklar taklif qilmoqda?
Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari taklif qilayotgan mikroqarz va avtokreditlarning yangilangan foiz stavkalarini ma’lum qildi.

Markaziy bank mamlakatdagi tijorat banklari tomonidan aholiga ajratilayotgan mikroqarz va avtokreditlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkalarini yangiladi. 2026-yil 19-oktabr holatiga aholiga ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha o‘rtacha foiz stavkasi 28,3 foizni, avtokreditlar bo‘yicha esa 21,4 foizni tashkil etdi. O‘tgan haftaga nisbatan mikroqarzlarning o‘rtacha stavkasi 0,3 foiz punktga, avtokreditlarniki esa 0,2 foiz punktga ko‘tarilgan.
Mikroqarz stavkalari
Mikroqarzlar bo‘yicha eng past foiz stavkasi «Mikrokreditbank»da qayd etilgan — 21,8 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Infinbank» — 24,0 foiz, «Trastbank» va «SQB» — 24,4 foiz hamda «Asia Alliance bank» — 24,5 foiz bilan joylashgan.
Shuningdek, «Asaka bank»da mikroqarz stavkasi 24,8 foiz, «Milliy bank»da 24,9 foiz, «Universal bank» va «Xalq banki»da 25,2 foiz, «Aloqabank»da 25,3 foiz hamda «Agrobank»da 25,8 foizni tashkil etmoqda.
«Ziraat bank» mikroqarzlarni 26,4 foiz, «Kapital bank» 27,0 foiz, «Poytaxt bank» 27,4 foiz, «OFB» 28,3 foiz va «BRB» 29,3 foiz stavkada taklif qilmoqda.
Yuqoriroq stavkalar «Garant bank»da 30,2 foiz, «Hamkorbank»da 30,3 foiz, «Apex bank»da 31,1 foiz, «Ipoteka bank»da 33,1 foiz, «Anor bank»da 34,3 foiz, «Davr bank»da 35,0 foiz va «Tenge bank»da 35,2 foiz bilan qayd etilgan. «Ipak yuli bank»da stavka 36,7 foiz, «Uzum bank»da 38,0 foiz, «AVO bank»da 39,9 foiz va «TBC bank»da 41,4 foizni tashkil etmoqda.

Avtokredit stavkalari
Avtokreditlar bo‘yicha eng past stavka «Aloqabank»da — 18,3 foiz. Keyingi o‘rinlarda «Asaka bank» — 18,6 foiz, «Ipoteka bank» — 18,8 foiz va «SQB» — 20,7 foiz bilan joylashgan.
«Milliy bank» avtokreditlarni 21,4 foiz, «Ipak yuli bank» 21,5 foiz, «Asia Alliance bank» 21,8 foiz va «Hamkorbank» 22,2 foiz stavkada taklif qilmoqda. «Turon bank»da stavka 22,2 foiz, «TBC bank»da 22,3 foizni tashkil etmoqda.
Boshqa banklarda avtokredit stavkalari quyidagicha: «Poytaxt bank» — 22,4 foiz, «OFB» — 22,5 foiz, «Apex bank» — 23,2 foiz, «Trastbank» — 23,3 foiz, «Mikrokreditbank» — 23,9 foiz va «Agrobank» — 24,2 foiz.
«Garant bank»da stavka 24,7 foiz, «Davr bank»da 25,2 foiz, «Anor bank»da esa 27,0 foizni tashkil etmoqda. Taqdim etilgan ro‘yxatda avtokreditning eng yuqori stavkasi «Anor bank»da qayd etilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda aholi kreditlari qoldig‘i 23,3 trln so‘mga oshganligi haqida xabar berilgan. Eng katta o‘sish ipoteka va mikrokreditlarda, eng yuqori o‘sish sur’ati esa kredit kartalari va overdraftlarda qayd etilgan.





