Noqonuniy uylar soni 720 tami yoki 61 ta? Qurilish vazirligi xato ma’lumotni tuzatdi
Vazirlik Toshkent shahridagi noqonuniy ko‘p qavatli uylar soniga oid yangragan ma’lumotga tuzatish kiritdi.
© Vaqt.uz | Javhar ChorshanbiyevaToshkent shahrida noqonuniy qurilgan ko‘p qavatli uylar soni 61 tani tashkil etadi. Bu haqda Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi rasmiy munosabat bildirib, avvalroq berilgan noto‘g‘ri ma’lumotga tuzatish kiritdi.
Raqamlardagi chalkashlik sababi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi muhokama davomida vazirlik tomonidan poytaxtdagi noqonuniy ko‘p qavatli uylar soni 720 ta deb keltirilgan edi.
Rasmiy tushuntirishga ko‘ra, Toshkent shahrida jami 320 dan ortiq noqonuniy qurilish obyekti aniqlangan.
Ushbu ko‘rsatkich ichiga turli toifadagi bino va inshootlar, jumladan, yakka tartibdagi xonadonlar, do‘konchalar, savdo kiosklari va kichik pavilonlar kiradi. Muhokamada nazarda tutilgan aynan ko‘p qavatli uylar soni esa 61 tani tashkil qiladi.
Taqdim etilgan avvalgi axborotda umumiy qurilish obyektlari soni adashib ko‘p qavatli uylar soni sifatida aytib yuborilgan.
«Biz tomonimizdan taqdim qilingan javobda umumiy qurilish obyektlari soni ko‘p qavatli uylar soni sifatida keltirilgan. Ushbu xatolik uchun uzr so‘raymiz», — deyiladi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi xabarida.





