Logo

Qashqadaryoda tadbirkor va yozuvchilar taqdirlandi

«Yosh kitobxon oila» respublika tanlovi g‘oliblari va «Mutolaa» loyihasining bosh muharririga Toshkentdan uy berildi.

Qashqadaryoda tadbirkor va yozuvchilar taqdirlandi © president.uz

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida «Sulton Tex» klasteri rahbarini taqdirladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi ma’lum qildi.

Uchrashuvda klaster rahbari Nurbek Ergashevning energiya va suvni tejaydigan zamonaviy korxonasi faoliyati bilan tanishganini aytdi. Tadbirkorning 2028-yilgacha yana 30 ming kishini ish bilan ta’minlash, ayniqsa, ayollar uchun ko‘proq imkoniyat yaratish rejalari qo‘llab-quvvatlandi.

Prezident Nurbek Ergashevga «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvonini berish to‘g‘risidagi farmonga imzo qo‘yganini bildirdi.

Qamashi tumanidagi Chim mahallasida sulolaviy limonchilik maktabini yaratib, aholi daromadini oshirishga hissa qo‘shayotgan Abdumannop Xudoyberdiyevga esa «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» unvoni beriladi.

Qashqadaryoda ma’rifatni targ‘ib etayotgan «Mutolaa» loyihasining bosh muharriri Javlon Jovliyevning mehnati ham e’tirof etildi. Unga, shuningdek, «Yosh kitobxon oila» respublika tanlovi g‘oliblari Baxtishod Rashidov va E’zoza Xushvaqtovaga Toshkent shahridan ikki xonali yangi xonadonlar sovg‘a qilinishi aytildi.

Davlat rahbari mazkur mukofotlarni shu yerning o‘zida topshirishni taklif etdi.

Teglar

Mavzuga oid