Logo

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani uchun qamoqqa olindi

Kecha 23:181 daqiqa

Jinoyatda ayblanayotgan shaxs aynan voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish tizimida ishlagani va Olimpiadada bronza medal olgan taniqli bokschi ekani aytilmoqda.

Andijonda IIB xodimi voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgani uchun qamoqqa olindi © Ijtimoiy tarmoqlar

Andijon viloyatida voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqa qilgan IIB xodimi qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2026 yilning 3-iyun kuni Qo‘rg‘ontepa tumanida yashovchi 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan qiz o‘z uyidan chiqib ketgan va ma’lum muddat davomida qaytib kelmagan.

Tuman prokuraturasi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, Andijon viloyati IIBning voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida inspektor–ijtimoiy xodim bo‘lib ishlagan S.B. voyaga yetmagan qizni Andijon shahridagi ko‘p qavatli uyga olib borib, u bilan jinsiy aloqa qilgan.

Holat yuzasidan 4-iyun kuni S.B.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Ayni paytda ish bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Inson huquqlari faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, mazkur ish bo‘yicha gumonlanayotgan shaxs 41 yoshli mayor bo‘lib, u 2004-yilgi Olimpiyaning boks bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritgan sportchi hisoblanadi.

Teglar

Mavzuga oid