add

AQSHdagi otishmada halok bo‘lgan MuhammadAziz Umurzoqov xotirasiga qariyb $260 ming yig‘ildi

15.12.2025 | 21:2011691 daqiqa

GoFundMe platformasida tashkil etilgan xayriya kampaniyasi doirasida marhumning oilasi uchun $460 ming yig‘ish maqsad qilingan.

AQSHdagi otishmada halok bo‘lgan MuhammadAziz Umurzoqov xotirasiga qariyb $260 ming yig‘ildi

AQSHning eng qadimiy va nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri, Ivy League a’zosi hisoblangan Braun universitetida 13-dekabr kuni sodir bo‘lgan otishma o‘zbekistonlik talaba MuhammadAziz Umurzoqovning bevaqt o‘limiga sabab bo‘ldi. Mazkur fojia jamoatchilikning katta e’tiborini tortdi va keng xayriya harakatini boshlab berdi.

Marhumning singlisi Samira Umurzoqova tomonidan boshlangan xayriya kampaniyasi orqali oilaviy xarajatlarni qoplash va qolgan mablag‘ni uning nomidan xayriya ishlariga yo‘naltirish ko‘zda tutilgan. Mablag‘ yig‘ish jarayoni tez o‘smoqda. Kampaniyada eng yirik xayriya — 18 ming dollarni taniqli tadbirkor Uillyam Akman ajratgan.

Hozirda GoFundMe platformasidagi kampaniyada ko‘rsatilgan umumiy maqsad 460 ming AQSH dollarini tashkil etmoqda. Maqsadda ko‘rsatilgan mablag‘ning 259 ming 249 dollari allaqachon yig‘ilgan.

Singlisining so‘zlariga ko‘ra, MuhammadAziz Umurzoqov neyroxirurg bo‘lishdek katta orzular bilan yashagan, mehribon va aqlli yigit bo‘lgan. Uning oilasi marhumni muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zadigan inson sifatida eslaydi.

Teglar

Mavzuga oid