
«Avval iqtisod...» #10: Elektromobillar uchun «yashil chiroq», o‘qituvchilarning maoshi va ularga va’da qilingan imtiyozlar
Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik iqtisodiy tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisida elektromobillarni yanada ommalashtirish loyihasi, o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar va ularning o‘rtacha maoshi hamda va boshqa mavzular tahlil qilindi.
Davlat dasturi loyihasida elektromobilda taksi xizmatini ko‘rsatuvchi o‘zni o‘zi band qilgan fuqarolar sonini 300 ming nafarga yetkazish reja qilinmoqda. Xo‘sh, bu imkonlimi? Shuningdek, xorijdan ma’lum bir miqdordagi elektromobillar import qilishda yengilliklar, elektromobillarni avtokreditga xarid qilishda foizlarning bir qismi davlat tomonidan qoplab berishi nazarda tutilmoqda. Iqtisodchining fikricha, elektromobillar to‘liq ommalashishi uchun utilizatsiya yig‘imi, QQS va boshqa bojlardan ozod qilinishi kerak.
1-oktabr — O‘qituvchilar va murabbiylar kunida Prezident Sh.Mirziyoyevning taboigida o‘qituvchilar va murabbiylar uchun bir qator imtiyozlar berilishi tilga olingan edi. Xususan, davlat xizmatlaridan foydalanishda o‘qituvchilarga 50 foiz chegirma nazarda tutilgan edi. Xo‘sh, nega o‘qituvchilarga va’da qilingan imtiyozlar ishga tushmadi?
Bu orada o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshni quvishni boshlagani ma’lum bo‘ldi. Ayni davda o‘qituvchilarning maoshi bu o‘rtacha maoshning 67 foizini tashkil etmoqda. Iqtisodchining fikricha, o‘qituvchilarning o‘rtacha maoshi respublika bo‘yicha o‘rtacha maoshlardan kam bo‘lmasligi lozim. Shundagina o‘qituvchining jamiyatdagi nufuzi yuksala boshladi.
Antikorrupsiya yashirin qarorlarni o‘rgana boshladi. Hamma yashirin qarorlar ochiladimi yo yana istisnolar boshlanadimi?
O‘tin, g‘o‘zapoya va bozorda sotilayotgan toshko‘mir inflatsiya hisobiga qo‘shiladi. Boz ustiga, oylik inflatsiyani hisoblashda oyning 1-25 sanalari kuzatuvga olinadi va keyingi oyning 5-sanasida e’lon qilib boriladigan bo‘ldi. Iqtisodchi O.Bakirov inflatsiyani haftalik e’lon qilib borishga o‘tish kerakligini ta’kidladi.




