
«Avval iqtisod...» #8: Propan narxi, yerlari olib qo‘yilayotgan fermerlar va nasiya savdo uchun qonun
Iqtisodchi Otabek Bakirov bilan haftalik tahliliy ko‘rsatuvning navbatdagisida Propan narxini tartibga solish, Litsenziyasi olib qo‘yilgan «Yangi bank», yerlari tortib olinayotgan fermerlar va boshqa mavzular tahlil qilindi.
Propanning birjaga qo‘yilayotgan narxlari arzonlasha boshladi. Aksilmonopoliya choralari uzoq muddatga kor qiladimi? Nega bu narx tushishi chakana savdoda o‘z aksini topmayapti. Narxlar barqaror bo‘lishi uchun endi nima qilish kerak?
Gaz qazib olish hajmini pasaytirgan «O‘zbekneftgaz» homiylik va noxos xarajatlarni to‘xtatmoqchi. O‘zgarishlarni ko‘ramizmi? Oliy ligadagi ayrim futbol klublari mablag‘siz qoladimi?
«Yangi bank» litsenziyasi chaqirib olindi. Omonatchilar nimadan xavotir olishlari kerak?
Nasiya savdoga ham qonun kerak. Nasiya savdo bozori talab, taklif va raqobatdan kelib chiqib o‘zini o‘zi tartibga solishiga ishonilgan edi. Biroq, mavjud vaziyat tiyiqsiz qarzlarning oshishiga olib keldi.
Hududlarda fermerlarning yeri yana nega tortib olinmoqda. Ular katta lotlarga birlashtirilib oldindan belgilab olingan xorijiy investorlarga taqdim etilmoqda. Bunda mahalliy investorlarning savdoda ishtirok etishi keskin cheklangan. O‘zbekistonda Fermerlar nega zaif qatlam?
Ko‘rsatuvning navbatdagi sonida shular haqida mulohaza yuritilgan.
Teglar





