add

Bangladesh poytaxti aeroportida katta yong‘in sodir bo‘ldi

18.10.2025 | 21:003172

Yong‘in 3 soat davom etgan. Bu vaqtda xalqaro aeroportdagi barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatilgan.

Bangladesh poytaxti aeroportida katta yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 18 oktyabr kuni Bangladesh poytaxti Dakadagi Xazrat Shoh Jalol xalqaro aeroportida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa sababli barcha parvozlar vaqtincha to‘xtatildi. Bu haqda Prothom Alo nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, yong‘in soat 14:15 atrofida yuk terminali hududida boshlangan. Hodisa joyiga dastlab aeroport yong‘in bo‘linmasi, Bangladesh havo kuchlari va boshqa guruhlar yetib borishgan.

Shuningdek, hodisa haqida xabar tushgan zahoti bir nechta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari joyiga yeb Inter-Servicyes Public Relations tashkiloti yong‘inni o‘chirishda fuqarolik aviatsiyasi, yong‘in xizmatlari, dengiz va havo kuchlari hamda chegara qo‘riqlash kuchlari ishtirok etayotganini ma’lum qilgan.

Yong‘in mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da o‘chirilgan. Aeroport ma’muriyati barcha reyslarni vaqtincha to‘xtatish haqida qaror qabul qilgan. Havo yo‘llari kompaniyalari va yo‘lovchilarga keyingi parvozlar jadvali haqida qo‘shimcha ma’lumot berilishi kutilmoqda.

Aeroport matbuot xizmati xodimi Muhammad Ibrohim Xalilning so‘zlariga ko‘ra, u soat 21:00 gacha yopiq bo‘ladi.

The Daily Star gazetasining Daka aeroportidagi manbalariga ko‘ra, turli aviakompaniyalarga tegishli kamida beshta parvoz Chattogramdagi Shoh Amonat va Silxetdagi Usmoniy aeroportlariga yo‘naltirilgan.

Bangladesh Freight Forwarders Association direktori Nasir Uddinning aytishicha, xalqaro kurer yuklari saqlanadigan zona juda katta zarar ko‘rgan, yaqin atrofdagi kimyoviy omborxonada ham yong‘in chiqqan. Yong‘in kelib chiqish sababi aniqlanmoqda.

Teglar

Mavzuga oid