add

Bank of Georgia rossiyalik mijozlariga cheklov joriy qildi

22.05.2025 | 19:0049873

Gurjistonning yirik banklaridan biri — Bank of Georgia rossiyalik mijozlariga dunyo bo‘ylab lyuks do‘konlarda 300 dollar yoki yevrodan ortiq xaridlar uchun to‘lovlarni chekladi. Bu chora xalqaro sanksiyalar asosida joriy etildi va to‘lov kartalari orqali avtomatik nazorat qilinadi.

Bank of Georgia rossiyalik mijozlariga cheklov joriy qildi
Bank tomonidan mijozlarga yuborilgan rasmiy xatda ta’kidlanishicha, Visa va Mastercard to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladigan bunday tranzaksiyalar Gurjistonda ham, boshqa mamlakatlarda ham bloklanadi. Sanksiyalar asosida bunday mahsulotlarning Rossiyaga yetkazib berilishi taqiqlangan va endi ushbu talablarni banklar nazorat qila boshladi. Bank of Georgia vakili RBKga ma’lum qilishicha, ushbu cheklovlar bankning shaxsiy tashabbusi emas, balki milliy regulyator talablariga muvofiq amalga oshirilmoqda. Ko‘plab mamlakatlarda lyuks do‘konlar rossiyaliklarni aniqlashda qiynalayotgan bir paytda, bank orqali avtomatik filtrlash yangi yondashuv sifatida baholanmoqda. Avvalroq rossiyaliklar Dubay, Nitssa va Rimdagi lyuks do‘konlarda ham shunday to‘siqlarga duch kelgani xabar qilingan. Biroq, ekspertlarning ta’kidlashicha, boshqa banklar tomonidan bunday tekshiruvlar hozircha amalga oshirilmagan. Mutassaddilar fikricha, Rossiyaga qo‘shni davlatlar banklari bunday cheklovlarni kengroq tatbiq etishi ehtimoldan xoli emas. Bu ayniqsa, Rossiyadan ommaviy ko‘chib o‘tish fonida sanksiyalarning qat’iyroq amalga oshirilishini ko‘rsatadi.

Teglar

Mavzuga oid

Bank of Georgia rossiyalik mijozlariga cheklov joriy qildi | Vaqt.uz