add

Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi LED-ekran bilan to‘sildi

28.11.2025 | 15:555331 daqiqa

Qirg‘iziston poytaxtida prezident Sadir Japarov qarorgohi ro‘parasidagi Ukraina elchixonasi Putin tashrifi paytida katta ekran bilan to‘sildi. Rasmiylar buni «protokol talabi» deb izohladi.

Bishkekda Putin tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi LED-ekran bilan to‘sildi

Bishkekda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tashrifi oldidan Ukraina elchixonasi oldiga ulkan LED-ekran o‘rnatilib, bino va undagi Ukraina bayrog‘i prezident rezidensiyasi tomonidan ko‘rinmaydigan qilindi. Ekran aynan Japarov qarorgohi va Ukraina elchixonasi o‘rtasida joylashtirilgan. 27-noyabr kuni Putinni qabul qilgan marosim paytida ekranda Rossiya bayrog‘i namoyish etilgan.

Ukraina elchixonasining maslahatchisi Denis Avtonomov batafsil sharh berishdan tiyilgan, ammo «bu yerda muayyan sabab-oqibat bog‘liqligi borligi ayon», deb ta’kidlagan. Prezident ma’muriyati esa ekran o‘rnatilishini «protokolning yangi elementi» sifatida izohlab, uni rasmiy tadbirlar uchun vizual materiallar namoyishi maqsadida qo‘yilganini bildirgan.

Putin 26-noyabr kuni davlat tashrifi bilan Bishkekka yetib kelgan. U aeroportda prezident Sadir Japarov tomonidan shaxsan kutib olingan: olqishlar, uzoq quchoqlashish, qizil yo‘lak, milliy raqslar, an’anaviy burgut ovi namoyish qilingan.

Ertasi kuni Putin KXSHT sammitida ishtirok etdi va matbuot anjumanida AQSHning Ukraina bo‘yicha tinchlik rejasini rad etib, Donbassdan Ukraina qo‘shinlari chiqmas ekan, urushni to‘xtatmasligini aytdi.

Rasman neytral pozitsiyani egallayotganiga qaramay, Qirg‘iziston bir necha bor Moskvaga sanksiyalarni aylanib o‘tishda ko‘maklashayotganlikda ayblangan. AQSH va YIning qora ro‘yxatlarida qator qirg‘iz kompaniyalari va banklari o‘rin olgan.

Teglar

Mavzuga oid