add

«Biz tashqi bozorda raqobatbardoshligimizni yo‘qotdik» — SIA rasmiysi so‘mning mustahkam kursi haqida

19.09.2025 | 08:0029403

Abdulla Abduqodirovga ko‘ra, mustahkam so‘m eksportchilarimizning zarar ko‘rishiga olib kelmoqda. Uning aytishicha, O‘zbekistonda ichki ishlab chiqarish emas, import ko‘proq foyda keltiryapti.

«Biz tashqi bozorda raqobatbardoshligimizni yo‘qotdik» — SIA rasmiysi so‘mning mustahkam kursi haqida
Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Abdulla Abduqodirov Spot nashriga bergan intervyusida dollar kursi pasayishi tufayli O‘zbekistonning bir qator sohalari raqobatbardoshligini yo‘qotganini ta’kidladi. Uning fikricha, ayni paytda Xitoy va boshqa mamlakatlardan meva-sabzavot mahsulotlari importi O‘zbekistondagi ishlab chiqarishga nisbatan ancha arzon va samarali hisoblanadi. «Importga to‘siq qo‘yuvchi asosiy omil valyuta kursi bo‘lishi kerak, bojxona bojlari emas», — dedi u. «Eksportchilar yutqazayotganini ko‘ring. To‘qimachilik sanoati holatini ko‘ring. Meva-sabzavot mahsulotlarida biz chempion edik. Endi hattoki pomidorimiz ham raqobatbardosh emas», — dedi Abduqodirov. Uning ta’kidlashicha, bu holat mamlakatning iqtisodiy modeliga ham tahdid solmoqda. Importda mashinalar va uskunalar emas, balki iste’mol tovarlari ulushi ortib bormoqda. «Ishlab chiqarish uchun emas, iste’mol uchun ko‘proq import qilyapmiz», — dedi u. Avgust oyida eksportchilar Markaziy bankdan so‘mni susaytirishni talab qilgan. Ular kursni erkin qo‘yishni taklif qilib, milliy valyutadagi xarajatlar o‘sishi raqobatbardoshlikni kamaytirganini bildirgan. Trikotaj ishlab chiqaruvchi kompaniya vakili «devalvatsiya eksportchilar muammosining 70–80 foizini hal qiladi», degan. Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahabov esa dollar uchun «munosib kurs» 16–17 ming so‘m atrofida bo‘lishi kerakligini aytgan.

Teglar

Mavzuga oid