Biznes uchun kreditni qaysi bankdan olgan ma’qul?

Kecha 21:502 daqiqa

Markaziy bank yangi hafta uchun yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yangilangan foiz stavkalarini e’lon qildi.

Biznes uchun kreditni qaysi bankdan olgan ma’qul? © Copyright MrPanya/AdobeStock

Markaziy bank 2026-yil 18-may holatiga ko‘ra yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlar bo‘yicha yangilangan o‘rtacha foiz stavkalarini e’lon qildi. Yangi ma’lumotlarga ko‘ra, aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun o‘rtacha stavka 23,1 foizni, asosiy vositalar xaridi uchun esa 22,6 foizni tashkil etdi.

Yangi haftada aylanma mablag‘larni to‘ldirish segmentida foizlar 20,6 foizdan 30,7 foizgacha shakllandi. Bu yo‘nalishda eng past stavka «Milliy bank»da 20,6 foiz bo‘lib qayd etildi. Shuningdek, «Aloqabank» 21,0 foiz va «KDB Bank» 21,5 foiz bilan nisbatan qulay shartlarni taklif qilmoqda.

O‘rta segmentda kreditlar asosan 22–25 foiz oralig‘ida joylashgan. Jumladan, «Xalq banki» va «OFB» 22,5 foiz, «Hamkorbank», «Mikrokreditbank», «Ipak Yuli bank» hamda «Asia Alliance bank» 22,9 foiz bilan qayd etildi. Shuningdek, «Trastbank» 23,4 foiz, «BRB» 23,7 foiz va «Ipotekabank» 23,7 foiz darajasida shakllangan.

Yuqori foizli segmentda esa farq ancha katta bo‘ldi. «TBC bank»da 30,7 foiz, «Madad Invest bank»da 29,5 foiz va «Anor bank»da 28,3 foizlik stavkalar kuzatildi.

0



Asosiy vositalar xaridi

Yangi haftada asosiy vositalarni xarid qilish uchun ajratiladigan kreditlarda stavkalar 20,6 foizdan 27,8 foizgacha shakllandi. Bu yo‘nalishda eng past stavka «Aloqabank»da 20,6 foiz bo‘lib qayd etildi. Shuningdek, «SQB» 20,9 foiz, «Asia Alliance bank» 21,0 foiz va «Milliy bank» 21,3 foiz bilan nisbatan maqbul shartlarni taklif qilmoqda. «Ipotebank» 22,1 foiz hamda «Agrobank» 22,4 foiz ko‘rsatkichlari ham o‘rtachadan past darajada saqlanib qoldi.

O‘rta segmentda stavkalar asosan 23–25 foiz oralig‘ida joylashdi. Jumladan, «Mikrokreditbank» 23,0 foiz, «BRB» 23,3 foiz, «Xalqa banki» 23,9 foiz va «Ipak Yuli bank» 24,4 foiz darajasida qayd etildi. Shuningdek, «Hamkorbank», «Davr bank» va «Asakabank»ning har biri 24,7 foiz, «Infinbank» 24,8 foiz hamda «Kapitalbank» 24,9 foiz stavkalarini taklif qilmoqda.

Yuqori segmentda esa farq yanada kattaroq bo‘ldi. «OFB»da stavka 25,2 foiz, «Hayot bank»da 26,0 foiz va «Turon bank»da 27,2 foiz darajasida qayd etildi. Eng yuqori stavka esa «Garant bank»da kuzatilib, 27,8 foizni tashkil qildi.

00

Teglar

Mavzuga oid