Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari: Ko‘pkari va ko‘k-bo‘ri alohida sport turi sifatida o‘tkaziladi

Bugun 18:251 daqiqa

Qirg‘iziston VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ko‘pkari va ko‘k-bo‘rini alohida sport turlari sifatida o‘tkazishini tasdiqladi.

Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari: Ko‘pkari va ko‘k-bo‘ri alohida sport turi sifatida o‘tkaziladi

Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida ko‘k-bo‘ri va ko‘pkari musobaqalari alohida yo‘nalish sifatida tashkil etiladi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat agentligi ma’lum qildi.

Idora rahbari Urmat Asanbayevning ta’kidlashicha, 2026 yilgi o‘yinlarda mazkur ikki sport turini birlashtirish rejasi yo‘q.

«2026 yilgi o‘yinlarda ikki sport turini birlashtirish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas, bu mavzu yopilgan», — dedi Asanbayev.

Musobaqalarga uch mingga yaqin sportchi qatnashadi

VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 2026 yil 31-avgustdan 6 sentabrgacha Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.

Musobaqalarda taxminan 2800–3000 nafar sportchi ishtirok etishi kutilmoqda. Ular jami 43 ta sport turi bo‘yicha bahs olib boradi.

Bishkek va Issiqko‘l mezbonlik qiladi

Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, o‘yinlarning ochilish marosimi Bishkek shahridagi yangi «Bishkek Arena» stadionida o‘tkaziladi. Asosiy sport bahslari esa Issiqko‘l viloyatida tashkil etiladi.

Teglar

Mavzuga oid