add

Buxoroda 5 kishi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi, 3 nafarining jasadi topildi

05.09.2025 | 08:0050063

Qolgan ikki nafarini topish bo‘yicha izlash ishlari hali ham davom etmoqda.

Buxoroda 5 kishi kanalizatsiya quvurida oqib ketdi, 3 nafarining jasadi topildi

Kecha, 4 sentyabr kuni Buxoro viloyati Buxoro tumanida Markaziy kanalizatsiya quvurda ishlayotgan 5 nafar ishchi quvurga tushib, oqib ketdi. Bu haqda viloyat ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, soat 12:02 da Bog‘idasht qishlog‘i hududidan o‘tuvchi Markaziy kanalizatsiya quvurda ishlayotgan 5 nafar ishchi quvurga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Tekshiruv davomida aniqlanishicha, mahalla ishchilari kanalizatsiyalarni birlashtirish maqsadida viloyat Suv va oqava ta’minoti bo‘yicha injinering kompaniyasining ruxsatisiz qopqoqni joyidan ochish jarayonida mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmagan. Oqibatda 5 nafar ishchi ushbu kanalizatsiyaga tushib ketib, kuchli oqim tufayli oqib ketgan. Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida oqova suvlarni uzatish punktidagi quvurlar ichidan 3 nafar fuqaroning jasadlari topilgan. Qolgan 2 fuqaroni topish choralari ko‘rilmoqda. «Ushbu holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 257-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda», - deyiladi xabarda.

Teglar

Mavzuga oid